YeR – BEBAHO XAZINA, BUNI AMUDARYoLIK FERMERLAR, DEHQONLAR YaXŞI BILIŞADI
Ötgan yillar davomida davlatimiz tomonidan Qonunlar, muhim Farmon va Qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinişi hamda ularning ijrosi izçil bajarilişi fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining qişloq xöjaligi mahsulotlarini işlab çiqaruvçi asosiy subʼektlar sifatida şakllanişiga zamin yaratdi.
Tumanimizda ham ekin yerlaridan samarali foydalaniş, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, qişloqda fuqarolarning bandligi va farovonligini oşiriş böyiça tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xöjaliklari va aholi tomorqalaridan samarali foydalaniş, ekin ekiş işlarini tizimli taşkil qiliş hamda mahsulot yetiştiriş hajmlarini köpaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq tumanda fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantiriş, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanişni taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar dasturi işlab çiqildi.
2020-yil bahor mavsumida tumanda 158 gektar sabzi, 180,5 gektar piyoz, 15,8 gektar sarimsoq piyoz, 225,6 gektar bodring, 169,2 gektar kökatlar, 694,3 gektar kartoşka, 477,3 gektar poliz ekinlari, 631,7 gektar pomidor va boşqa ekinlarni ekiş rejalaştirilgan edi. Jami 1778,5 gektar tomorqa yerlaridan töliq foydalanişni nazorat qiliş böyiça işçi guruh şakllantirildi va işçi guruh aʼzolari bilan birgalikda mavjud aholi tomorqalarini xatlovdan ötkaziş jarayonida dehqon xöjaliklari hamda tomorqa yer egalarining talab va istaklari, hududning iqlim şaroitidan kelib çiqib, tayyorlangan takliflar böyiça tumanda ertagi sabzavotlar öz muddatida ekildi va yetiştirilgan hosil öz vaqtida yiğib olindi. 3141,9 gektar yer maydoniga ekilgan örtagi va keçgi ekinlar esa pişib-yetilmoqda.
2021-yil hosili uçun 1139 gektar töqsonbosti ekinlari ekiş rejalaştirilgan bölib, 25-avgust holatiga 210,8 gektar maydonda töqsonbosti ekinlari ekildi.
Aholi xonadonlari va tomorqalaridan samarali foydalaniş, 2-3-marta hosil oliş töğrisida tuşuntiriş-tarğibot işlari tizimli ravişda olib borilmoqda. Natijada aholi tomorqalarida közlanganidan ziyod ertagi kartoşka, pomidor, bodring, poliz mahsulotlari, vitaminga boy mevalar, kökatlar va rezavorlar yetiştirildi.
Dukkakli ekinlardan esa 700 tonna hosil oliş rejalaştirilgan.
Aholi tomorqalarida 1183 ta issiqxona mavjud bölib, şundan 450 tasi yangidan barpo etilgan.
Taşabbus bilan çiqqan 389 ta fermer xöjaliklari aholi tomorqa yer maydonlarini haydaş, mevali daraxtlar, sabzavot uruğlari va köçatlar yetkazib berişda kömaklaşiş böyiça 3377 ta xonadonlarga biriktirildi.
2020-yil yanvar-mart oylarida 4 ta sektor rahbarlari boşçiligida aholi xonadonlariga kirib, erta bahorda kamida 5-10 tadan mevali daraxt köçatlari, ertagi sabzavotlar ekiş, issiqxonalar barpo etiş, çorva mollari va parranda boqişni taşkil etiş hamda yerdan samarali foydalaniş böyiça tarğibot işlari olib borilgani özining ijobiy samarasini berdi.
Tuman hokimi qarori bilan, meva-sabzavot işlab çiqariş kooperativlari taşkil etilib, 5 ta işlab çiqariş kooperativiga 35 gektar yer ajratib berildi va 112 nafar kam taʼminlangan fuqarolar kooperativ aʼzoligiga qabul qilinib, ularning bandligi taʼminlandi. Uşbu fuqarolarga yer maydoni berilib, Bandlikka kömaklaşiş davlat jamğarmasi hisobidan har biriga 2 million 223 ming sömdan subsidiyalar ajratildi.
Bundan taşqari, tuman hokimining 2020-yil 24-apreldagi 103-sonli qaroriga asosan 10 ta dehqon xöjaligi taşkil qilindi. Ularga 3,16 gektar yer maydonlari ajratildi. Şu orqali ularning bandligi taʼminlanişiga erişildi.
Tuman hokimi 2020-yil 1-iyun sanasida yana bir muhim qarorni imzoladi. Uşbu 132-sonli qarorga köra, fermer xöjaliklarining ğalladan böşagan yer maydonlarida takroriy ekin ekiş uçun kam taʼminlangan 45 ta oilaga 20 sotixdan jami 9 gektar yer bir marta ekib, samarali foydalanişlari va öz bandligini taʼminlaş hamda zarur oziq-ovqat mahsulotlarini yetiştirib olişlari böyiça tavsiyalar berildi.
Qoramon mahallasida yaşovçi Yangiboy Sultanov oilasi esa tuman fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi yordami bilan 3 sotixli issiqxona egalari bölişdi.
Tumanimizda 389 ta fermer xöjaliklari mavjud. Şundan 357 tasi paxtaçilik va ğallaçilikka, 13 tasi çorvaçilikka, 5 tasi parrandaçilik hamda 6 tasi boğdorçilik va uzumçilikka ixtisoslaşgan. Baliqçilik yönalişida esa 2 ta, sabzavotçilik yönalişida 7 ta fermer xöjaliklari faoliyat yuritadi.
Köp tarmoqli fermer xöjaliklarini taşkil etiş va rivojlantiriş, ular tomonidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, qayta işlaş hajmlarini köpaytiriş va servis xizmatlari şoxobçalarini taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar amalga oşirilib kelinmoqda.
Tumanimizda 2020-yilda köp tarmoqli fermer xöjaliklarini rivojlantiriş böyiça qabul qilingan Dasturga muvofiq 22 ta intensiv boğ, 7 ta baliqçilik, 7 ta qoramolçilik, 15 ta qöyçilik, 2 ta eçkiçilik, 22 ta parrandaçilik, 11 ta asalariçilik tarmoqlari taşkil qilindi. 996 million sömlik uşbu loyihalar fermer xöjaliklari hisobidan amalga oşirilib, 97 ta yangi iş örinlari yaratildi.
I.POLVONOV, tuman Fermer, dehqon xöjaliklari
va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶