TUMANDA YILLIK REJANI ADO ETGAN FERMER XÖJALIKLARI SONI ORTMOQDA
Amudaryolik paxtakorlar kuzning quyoşli kunlarini ğanimat bilib, dalalarda oppoq bölib, oçilib turgan hosilni tezroq yiğib-terib oliş maqsadida tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Vaqtinça işsiz aholi ham ixtiyoriylik asosida ijaraçilarga terimda kömakka çiqişib, yaxşigina daromad olişmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-yil paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini uyuşqoqlik bilan taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida” qabul qilingan qaroriga muvofiq, birinçi terimda qölda terilgan bir kilogramm paxta uçun 1000 sömdan, ikkinçi terimda 1400 sömdan haq tölanayotgani terimçilarning moddiy manfaatdorligi yuqori bölişini taʼminlamoqda. Natijada yillik rejasini ado etgan, marraga tobora yaqinlaşayotgan xöjaliklar soni tobora ortmoqda.
Bobur ovulida faoliyat yuritayotgan 23 ta fermer xöjaliklarining jami 823 gektar dalasiga paxta ekilgan.
Şu kunlarda uşbu dalalarda hosil yiğim-terimi tobora qizğin tus olayotir. “Mahbuba-Malohat” fermer xöjaligida 17 nafar ijaraçilar 23 gektar maydonda paxtadan bqori hosil yetiştirdilar. 50 nafardan ziyod terimçilar kuniga 80-100 kilodan paxta terib, xöjalik xirmonini tobora yuksaltirmoqda.
Xöjalikda paxtadan taşqari, 1 gektar 30 sotixlik boğ, 1 gektar 20 sotixlik baliqçilik köli ham bor. Xöjalik aʼzolarining ğayrat-şijoatlari tufayli şu kungaça yillik 59 tonnalik marra ortiği bilan ado etildi.
Şu ovuldagi “Bozorboyev Zafarbek” fermer xöjaligi paxtakorlari sentyabr oyining 23 sanasida yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan ado etdilar. Xöjalikda 23 gektar maydonga ekilgan paxtadan şu kungaça 59 tonnadan ziyod hosil yiğiştirib olindi.
Tumanimizning Oq oltin ovulida 15 ta fermer xöjaliklarining 841 gektar maydoniga erta bahorda “Sulton” navli paxta ekilgan edi. Köklamning seryoğin, salqin kelişiga qaramay, uşbu maydonlarda möl hosil yetiştirişga muvaffaq bölindi. “Yakubova Gavhar” fermer xöjaligining 90 nafar pudratçisiga biriktirilgan 84 gektar paxta maydonida ham ayni kunlarda yiğim-terim avjiga çiqayapti.
Xöjalikda terimçilarga unumli işlari uçun dala boşida tuşlikka issiq ovqat, qaynatilgan suv, çoy taşkil etilgan. Terim pullari öz vaqtida hisob-kitob qilinayapti. Bu kunlik iş surʼati yuqori bölişiga zamin hozirlayotir.
Hududdagi “Ismoil ota” fermer xöjaligida esa 33 gektar paxta maydoni bor. Dalalarga erta bahorda ezgu niyatlar bilan çigit ekib, möl hosil yetiştirişga erişgan xöjalik aʼzolari yiğim-terimga özgaça şijoat bilan kirişib ketişdi. Natijada xöjalik paxta xirmoni tobora yuksalmoqda.
Dalalarda hosil möl. Terimçilar ham dalalardagi möl paxtani yoğingarçilik kunlarga qoldirmasdan yiğib oliş maqsadida jadal surʼatlarda terimni davom ettirişmoqda.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶