IJTIMOIY KÖMAK XOTIN-QIZLAR HAYoTINI YaXŞILAŞGA XIZMAT QILMOQDA
28-avgust sanasida tumanimizdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, oğir şaroitga tuşib qolgan, ehtiyojmand xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş yuzasidan xayrli tadbir bölib ötdi. Mazkur tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi kasaba uyuşmalari taşkilotlari birlaşmasi Kengaşining taşkiliy işlar bölimi mudirasi Gulnora Ilmuradova hamda tuman hokimi örinbosari, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşevlar iştirok etdilar.
Şu kuni tumandagi 15 nafar xotin-qizga davlat tomonidan ajratilgan 22 mln. 500 ming söm qiymatidagi 15 dona tikuv maşinasi, 20 ta oilaga 13 mln. söm qiymatidagi elektroduxovka, 10 nafar oğir şaroitdagi oilada yaşayotgan, daromad manbai bölmagan, tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlarning har biriga 1 mln. sömdan jami 10 mln. sömlik moddiy yordam topşirildi.
Şu örinda taʼkidlaş kerakki, bugungi kunda xotin-qizlar bandligini taʼminlaş borasida samarali işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, joriy yilda 807 nafar xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş çoralarini köriş belgilangan bölib, şundan 591 nafar xotin-qizlar tuman yöl-quriliş va obodonlaştiriş boşqarmalarida yaratilgan haq tölanadigan jamoat işlariga jalb etilgan, 108 nafari esa qurib berilgan issiqxonadan daromad körmoqda, 3 nafar nogiron farzandi bor oilalarga tikuv maşinasi berilgan.
Qolaversa, çet eldan qaytib kelgan xotin-qizlarning 54 nafariga tuman Bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan issiqxonalar qurib berilib, ularning bandligi taʼminlandi. Oğir ijtimoiy şaroitda yaşovçi iş bilan band bölmagan 32 nafar xotin-qizdan 5 nafari jamoat işiga jalb qilindi, 25 nafari doimiy iş örinlariga joylaştirildi hamda bir nafariga Bandlikka kömaklaşiş markazi tomonidan 2,5 mln. sömlik issiqxona qurib berildi.
Tumanimiz böylab davom etayotgan uşbu xayrli işlar xotin-qizlarning turmuş farovonligini oşirişga xizmat qilişi şubhasizdir.
Uluğbek Abdurahmonov, Taʼlim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyuşmasi Amudaryo tuman Kengaşi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶