Ezgu xotira
Quvvai hofizam dunyosin kezib,
Kashf etdim qaytadan hayot goʻshasin.
Latif bir lahzani dildan oʻtkazib,
His etdim yashamoq gasht-u nashʼasin.
Angladim. Insonga tiriklik bayram,
Men bilgan necha zot olamdan oʻtdi.
Faqat taskin berar nurli xotiram,
Axir shoh-u gado baravar ketdi.
Urushni laʼnatlab yashar insonlar,
Olovday yondirar xotiralari.
Hamon yuraklarda dogʻi hijronlar,
Bobolarin qoʻmsar nabiralari.
Xotiraning ezgin sahifasida,
Afgʻon urushidan qolgan qora dogʻ.
Chimildiq koʻrmagan maʼshuqasiga,
Askarning maktubi boʻlmagan adogʻ.
Shahidlar zoridan zir titrab zamin,
Millionlab mayyitlar koʻzimdan oʻtar.
Bu majruh dunyoning koʻtarib gʻamin,
Choʻloq nomin olib mayiblar oʻtar.
Qatagʻon qurboni boʻlgan bobomdan,
Bir uy kitob qolgan – bebaho meros.
Oʻzi ketsa hamki yorugʻ olamdan,
Ezgu ishi yashar dillarga payvast.
Ey, aziz zamondosh, boshingni koʻtar,
SenTinchlik bogʻiga bitta nihol ek!
Har lahzada unib, har onda koʻkar,
Izingda yorugʻ iz – Yurtning gʻamin chek!
Hayot davom etar – avlodlar xurram,
Bobolar chirogʻi oʻchmagay sira.
Umidlar gul ochgan Vatanda bayram,
Kelajak poyida ezgu XOTIRA!
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶