QÖLI YeNGIL YoŞ ŞIFOKOR
Dunyoda şunday insonlar böladiki, ular özlarining qilgan barça ezgu işlari bilan kişilar kalbida bir umrga muxrlanib koladilar. Agar uning faoliyati inson salomatligi bilan boğlik bölsa, bunday şaxs odamlar yuragidan munosib joy oladi.
Öz bilim va kuçini tumanimiz aholisining dardiga darmon bölişdek xayrli işga bağişlaşga ahd qilgan yoş şifokor Ğulomjon Mavlonov fidoyiligi, xuşmuomalaligi bilan el aro eʼtibor topayotganlardan.
Özi yoş bölişiga qaramasdan qançadan-qança bemorlarning dardiga darmon bölib, ularning duosini olib, beminnat xizmat qilib kelayotgan Ğulomjon Mavlonov 1987-yilning 2-mayida Xorazm viloyati, Gurlan tumanida tuğilgan. U oilada 3 öğil va 2 qiz farzandning törtinçisi edi. Otasi farzandlari tarbiyasiga juda eʼtiborli bölib, ularning ilm olişi, hunar örganişlari uçun şaroitlar yaratib berdi. Bolalariga böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişni va foydali mehnat bilan şuğullanişni örgatdi. Ana şunday tarbiyaviy muhitda ulgaygan farzandlarning barçasi oliy maʼlumotli insonlar bölib, bugungi kunda xalqqa xizmat qilişmoqda. Ğulomjon akaning akasi Muzaffar Mavlonov ham Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasi şoşilinç tez tibbiy yordam bölimida şifokor bölib işlaydi.
Ğulomjon Mavlonov maktabni aʼlo baholar bilan tugatib, umumiy örta taʼlim olgaç, 2005-yilda Toşkent Tibbiyot Akademiyasiga davlat granti asosida öqişga qabul qilindi va 2012-yilda mazkur oliygohning Tibbiy pedagogika fakultetini muvaffaqiyatli tamomladi. Şu yilning sentyabr oyidan Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazida anesteziologiya va reanimatologiya yönalişi mutaxassisligi buyiça ikki yillik klinik ordinaturaga qabul qilindi va 2014-yilda klinik ordinaturani tamomlab, şu yilning oktyabr oyidan Amudaryo tuman Tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimida öz iş faoliyatini boşladi. 2014-yildan hozirgi kunga qadar u mazkur bölimda anestezist-reanimatolog şifokor lavozimida işlab kelmoqda. Iş boşlaganiga hali köp bölmasa-da, ötgan vaqt içida Ğ.Mavlonov köplab insonlarning dardiga darmon bölib, xalq duosini olişga erişdi.
Ustozlari Barno Soatova va Şuhrat Çorşamovlardan olgan tajribalari hamda özining bilimi natijasida uning muolajasi tufayli soğaygan bemorlar va ularning yaqinlari Ğulomjon akaga rahmatlar aytişib, duolar qilişadi. Ayrim şoirtabiat bemorlari Ğulomjon akani oq köngil va qöli yengil şifokor, deb minnatdorçilik şeʼrlari ham yozişgan.
Ğulomjon akaning bemorlari uning navbatçilik kuni kelişini intiqlik bilan kutişadi. Çunki Ğulomjon aka har bir bemorining muolajasiga öta masʼuliyat bilan qaraydi. Ular bilan şunçaki bemor emas, öz yaqinidek muomalada böladi.
Hayot şirin, dunyoning noz-nematlarini, huzur-halovatini tatib yaşaş odamzod uçun bundan-da şirin. Baxt-u saodatli bölib kun keçirişimiz uçun bizga birinçi navbatda salomatlik kerak. Boşqa insonlarga salomatlik baxş etişdek xayrli işga qöl urgan yoş şifokorga:
– Xalqimiz xizmatida bölişdan aslo çarçamang va kelgusida kasbingizdan kamol topib, el-yurt duosiga sazovor böling, – deya tilak bildiramiz.
Iroda Yerdoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶