POYTAXTLIK YeTAKÇI NEFROLOG ŞIFOKORLAR VA AHOLI BILAN MULOQOT QILDI
Aholi salomatligini mustahkamlaş, kasalliklarni erta aniqlaş va yuqori malakali tibbiy xizmatning eng çekka hududlargaça kirib borişini taʼminlaş — bugungi kun tibbiyotining boş mezonidir. Şu maqsadda Respublika Ixtisoslaştirilgan Nefrologiya va Buyrak transplantatsiyasi Ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yetakçi mutaxassisi Otabek Mirmahammadov Amudaryo tumanida bölib, amaliy muloqotlar ötkazdi.
Tuman Tibbiyot birlaşmasida taşkil etilgan uşbu uçraşuvda mahalliy şifokorlar, umumiy amaliyot vraçlari, hamşiralar hamda aholi vakillari iştirok etişdi.
Maʼlumki, buyrak inson organizmining eng muhim "filtr"laridan biri hisoblanadi. Uning faoliyati buzilişi butun organizm zaharlanişiga va oğir asoratlarga olib kelişi mumkin. Uçraşuv avvalida sözga çiqqan Respublika markazi mutaxassisi Otabek Mirmahammadov bugungi kunda nefrologiya sohasidagi yangiliklar, buyrak xastaliklarining kelib çiqiş sabablari va ularning oldini oliş borasidagi zamonaviy yondaşuvlar haqida batafsil maʼlumot berdi.
Qayd qilinganidek, buyrak xastaliklari köpinça notöğri ovqatlaniş, kam suv içiş, yuqori qon bosimi, qandli diabet, infektsiyalar hamda dori vositalarini nazoratsiz qabul qiliş oqibatida kelib çiqadi. Ularning oldini oliş uçun kun davomida yetarli miqdorda suv içiş, tuzli taomlarni çeklaş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş, qon bosimi va qand miqdorini nazorat qiliş, şuningdek, vaqti-vaqti bilan tibbiy körikdan ötiş muhim ahamiyatga ega.
Taşrifning asosiy maqsadlaridan biri — birlamçi tibbiy böğin, yaʼni qişloq oilaviy poliklinikalarida faoliyat yuritayotgan umumiy amaliyot vraçlarining malakasini oşirişga qaratildi.
Muloqot davomida buyrak kasalliklarini yaşirin davrida aniqlaş usullari, qandli diabet va qon bosimi yuqori bölgan bemorlarda buyrak yetişmovçiligi rivojlanişining oldini oliş, aholi orasida profilaktik tekşiruvlarni töğri taşkil etiş kabi masalalar çuqur tahlil qilindi.
Poytaxtdan kelgan mutaxassis mahalliy hamkasblariga buyrak yetişmovçiligining oğir bosqiçlariga ötib ketişiga yöl qöymaslik böyiça qimmatli tavsiyalar berdi va özaro tajriba almaşdi.
Uçraşuvda aholi vakillari bilan ham oçiq muloqot taşkil etildi. Fuqarolarga soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, tuz va zararli mahsulotlarni meʼyorida isteʼmol qiliş, özboşimçalik bilan dori vositalarini qabul qilmaslik tuşuntirildi. Taʼkidlandiki, öz vaqtida şifokorga murojaat qiliş va kasallikni erta bosqiçda davolaş — buyrak transplantatsiyasi yoki gemodializ kabi oğir muolajalarga ehtiyoj qoldirmaslikning eng samarali yölidir.
Tadbir doirasida Otabek Mirmahammadov tomonidan tumandagi oğir va surunkali buyrak xastaligi bor bemorlarga amaliy yordam körsatilib, zarur tibbiy maslahatlar berildi.
Bu kabi tadbirlar amudaryoliklar salomatligini asraş, tibbiy madaniyatni yuksaltiriş va sohadagi muammolarni joyida hal etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶