BADIIY GIMNASTIKA – GÖZALLIK VA NAFOSAT SPORTI
Mohiraxon Berdiboyeva badiiy gimnastika sporti bilan şuğullana boşlaganida juda yoş qizaloq edi. Har kungi maşğulotlardan tölib-toşib, xuşkayfiyat bilan qaytayotganini körgan ota-onasi uning uşbu sport turi bilan şuğullanişiga monelik qilişmadi. 2012-yilda Nukus olimpiya zahiralari kollejining badiiy gimnastika yönalişiga öqişga kirdi. U öqiş bilan birga Qoraqalpoğiston Respublikasi va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda faol iştirok etib, sportning badiiy gimnastika yönalişi böyiça öz iqtidorini namoyiş qildi va köplab nufuzli musobaqalar ğolibi böldi.
Kollejni muvaffaqiyatli tugatgan Mohiraxon Berdiboyeva Özbekiston yoşlar ittifoqi tuman Kengaşining qöllab-quvvatlaşi, qolaversa, tuman hokimining yoş sportçilarga eʼtibori tufayli Kengaş qoşida badiiy gimnastika sporti tögaragini taşkil etdi. Juda qisqa fursat içida har biri 30 nafar qizlarni birlaştirgan 2 ta guruh tuzilib, maşğulotlar boşlab yuborildi. Mana bir yildirki, Mohira Berdiboyeva rahbarligidagi badiiy gimnastika tögaragi aʼzolari nafaqat tumanimizda va Qoraqalpoğistonda, balki mamlakat miqyosidagi musobaqalarda ham muvaffaqiyatli iştirok etib kelişmoqda. Ayni paytda 60 nafardan ziyod 4 yoşdan 16-17 yoşgaça bölgan qizlar maşğulotlarda iştirok etişmoqda.
Öz bilimini oşirib boriş maqsadida ötgan öquv yilida öz sohasi böyiça NDPIning sirtqi bölimiga öqişga kirdi. U ayni paytda ustozlaridan olgan nazariy bilimlarini öz sohasiga tatbiq etiş orqali şogirdlarini nufuzli musobaqalarga tayyorlamoqda.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶