20.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
20.10.2026, 12:18
Maqolalar 👁 346

VATANIGA MEHPINI OFTOB QILIB YaShAGAN IJODKOP

VATANIGA MEHPINI OFTOB QILIB YaShAGAN IJODKOP

Oliygoh auditoriyasidan chiqib, ishga kelgan yoshning kayfiyati oʻzgacha boʻladi. Koʻngling osmonda, unday qilaman, bunday qilaman... Orzular qanotida uchib kelib... oʻqish boshqa, ish boshqa ekanligini anglaysan.

1985-yilning ilk oyidan “Amudaryo haqiqati” gazetasi tahririyatiga ishga kelganimda mening ham boshimdan shunday kechinmalar oʻtgan. Biroq gazetaning oʻsha vaqtdagi muharriri Gulnora opa Matyoqubova, oʻrinbosari Saʼdulla aka Xoʻjaniyozov, jurnalist Xonimjon opa Pajabova, maʼsul kotib Norboy Toʻraboyev, muxbir Zebo Pajabovalarning begʻaraz koʻmaklari, yoʻl-yoʻriqlari bilan hademay kasb koʻnikmasi va malakasiga ega boʻldim.

Men Gulnora Matyoqubova gazetaga muharrirlik qilgan 15 yillik davrning sakkiz yilida tahririyatda ishlagan boʻlsam, opaning xodimlarga talabchanligiga va ayni paytda oʻta jonkuyar va fidoyiligiga doimo qoyil qolib kelganman.

U vaqtlarda bosmaxonada gazetani tayyorlash asosan qoʻlda bajarilgani, haftasiga muntazam uch marta chiqib turgani uchun koʻpincha kechalari ham ishlardik. Oilali, farzandlari yosh boʻlishiga qaramay, Gulnora opa buning uchun hech ogʻrinmas, xodimlarga ham oʻz fidoyiligini “yuqtirib” qoʻyganmi, bilmadim, hech kim kuni boʻyi ishlaganimiz kammi, kechasi ham ishlaymizmi, deb oʻylamasdi. Gazetaning har yangi soni yorugʻlikka chiqqanida quvonchimiz ichimizga sigʻmay ketardi.

Shu yillar oraligʻida gazeta sifatli bosilgani, dolzarb mavzularni mahorat bilan yoritgani uchun sobiq ittifoq miqyosidagi qator tanlovlarda gʻolib boʻldi. Opa butun ittifoq jurnalistlari sʼezdiga delegat boʻldi, nomi elaro tanildi.

Mangʻit shahrida tugʻilib oʻsgan Gulnora Matyoqubovada jurnalistik qobiliyat juda erta uygʻongan. Maktabda oʻqib yurgan vaqtlaridayoq tuman radiosida suxandonlik qilgan, maqolalari, sheʼrlari Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston miqyosidagi davriy nashrlarda yoritilgan. Avval Toshkent Davlat Universitetining filologiya fakultetini, keyinchalik Oliy partiya maktabini tugatgan. “Amudaryo haqiqati” gazetasida 15-yil muharrirlik qilgach, “Xalq soʻzi” gazetasining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boʻyicha maxsus muxbiri, Mangʻit shahridagi 31-sonli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi.

Biz shogirdlariga, tumanimiz xalqiga uning teran mushohadaga chorlovchi xilma-xil mavzulardagi dolzarb maqolalari, koʻngli qatlaridan toʻkilgan sheʼrlari maʼnaviy meros boʻlib qoldi.

Bagʻrikeng, odamgarchilikli, tahririyat xodimlarini xuddi oʻz bolasiday har qanday sharoitda himoya qila oladigan, kasbiga fidoyi rahbar, iqtidorli ijodkor Gulnora Matyoqubova 2020-yil aprel oyida 74 yoshida olamdan oʻtdi.

Ha, opa umrining har lahzasini yurtim deb, yurt shaʼnini ulugʻlab, oʻz kechinmalarini otashin satrlarga joylab yashadi. Uning hayotining turli yillarida yozgan sheʼrlari jamlangan “Vatan sevgisi” nomli toʻplamdan joy olgan har bir sheʼrida yuksak insoniy xislatlar ulugʻlanadi, yurtiga, yurtdoshlariga koʻnglidagi muhabbat, harorati sezilib turadi.

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, sevimli ustozimiz, el ardogʻida yashagan ijodkor Gulnora Matyoqubovani, boshqa faxriy ustozlarimizni har yili 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunida bayram dasturxonimizga taklif etib, diydorlashar, suhbatlaridan bahramand boʻlardik.

Yaratganning irodasi shudir-da, onamizday suyukli ustozimizni dard erta yoʻqladi. Oramizdan bevaqt olib ketdi. Biroq soha rivojiga qoʻshgan hissasi, koʻpgina yetuk jurnalistlarning kamol topishidagi ezgu xizmatlari bilan ruhan doim jamoada. Gulnora Matyoqubova oʻzi yozganiday “Turmush tashvishidan gʻam chekay nega?

Doimo baxtdan masrur, shu yurt suyukli qizi” sifatida doimo barhayot.

Oygul PAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026