14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:23
Qishloq xoʻjaligi 👁 467

XIRMON TOʻLIB, TOʻKILDI DON

XIRMON TOʻLIB,  TOʻKILDI DON

Dehqon mehnatining samarasi xirmonda  bilinadi, deydilar. Yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish,  zahira  omborlariga tashish va uni talofatsiz, sifatli saqlash – hosil xirmonining salmogʻini yanada oshirish imkonini beradi. Bu borada “Taxiatoshdon mahsulotlari” AJ bilan tumanimiz fermer xoʻjaliklari oʻrtasida har yili tuman hokimining qarori asosida  kontraktatsiya shartnomalari tuzilib, “Mangʻit don” filiali omborxonasi don mahsulotlarini qabul qilish va sifatli saqlash uchun tayyorlab qoʻyiladi. Chunki dehqonlar yetishtirgan hosilning sifat va salmogʻi koʻp jihatdan gʻallani qabul qilish va saqlash boʻyicha olib boriladigan chora-tadbirlarga bogʻliq.
2020-yil hosili uchun tuman hokimining qaroriga asosan “Taxiatosh don mahsulotlari” AJ bilan tumanimizdagi 332 ta fermer xoʻjaliklari oʻrtasida 6465 tonna tovar don va 700 tonna urugʻlik bugʻdoy – jami 7303 tonna gʻallani qabul qilish va sifatli saqlash boʻyicha oʻz vaqtida kontraktatsiya shartnomalari tuzildi va “Mangʻit don” filiali 2020-yil hosilini qabul qilish mavsumiga oʻz vaqtida taxt qilib qoʻyildi.
Yongʻinga qarshi kurash jamiyati tuman  hududiy boʻlinmasi tomonidan filial omborxonasida yongʻindan himoya qiluvchi maxsus suyuqlik bilan yogʻoch qurilmalarga ishlov berilib, omborxona boʻlmalari birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan toʻliq taʼminlandi.
Eʼtiborlisi shundaki, gʻallani qabul qilish maskanidagi tarozi, laboratoriya asbob-anjomlari davlat qiyoslash koʻrigidan oʻtkazilib, qayd qilish kitobchalari taxt qilib qoʻyildi. Gʻallani quritish maydonida  muammo boʻlmasligi uchun yoritish tizimlari texnik nazoratdan oʻtkazildi.
Ishchilar uchun namunali mehnat va dam olish sharoiti yaratilishiga  alohida eʼtibor qaratildi. Yuvinish va dam  olish xonalari sifatli taʼmirlandi. Shu bois, gʻallani qabul qilish maskanida ishlar  koʻngildagidek olib borilmoqda.
Xususan, kelgusi yil hosili uchun urugʻlik tayyorlash tsexi va urugʻlikni saqlash omborxonalari Oʻzbekiston Respublikasi “Don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” DUK tomonidan kimyoviy preparatlar vositasida  dezinfektsiya va fumigatsiya qilinib, urugʻlik bugʻdoy navlarini  alohida qabul qilish va saqlashda maxsus toʻsiqlar oʻrnatilgani ishchilar va mutaxassislar uchun qulaylik yaratmoqda. Yuklash texnikalari va uzatish anjomlari sifatli taʼmirlangani, ehtiyot qismlar zahirasi yaratilgani esa ishimizda sifat va samaradorlik oshishini taʼminlayotir.
Gʻallani qabul qilish maskanida faoliyat yuritayotgan har bir ishchi va mutaxassis pandemiya sharoitida joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishi uchun zarur antiseptik vositalar, tibbiy niqob va qoʻlqoplar bilan taʼminlangan. Ishchi va mutaxassislarning harorati maxsus asbob yordamida tibbiyot xodimlari tomonidan  oʻlchab koʻrilgach, ishlashga ruxsat berilayotgani, har bir insonning bexavotir, sogʻ-salomat ishlashiga imkon bermoqda.
Bu yilgi “qirmizi don” karvonini Qipchoq MMTPga qarashli “Jumamuratov Shokir”, “Oq oltin” MMTP tasarrufidagi “Kenjayeva Shahlo”, Qilichboy MMTPdan “Rajapov Omonboy” fermer xoʻjaliklari boshlab berishdi.
Shunisi eʼtiborliki, tumanimizdagi 4 ta sektor hududidagi barcha fermer xoʻjaliklarida oʻrim-yigʻim ishlari belgilangan tartib-qoidalar asosida olib borilmoqda va gʻallani qabul qilish maskanimizga talofatsiz yetkazilmoqda. Maromida pishib-yetilgan gʻalla mahsuloti “Daladan – umumiy xirmonga” tamoyili asosida peshma-pesh yetkazib berilayotgani bois, tumanimizning gʻalla xirmoni kun sayin yuksalmoqda. Har bir sektor hududidan kuniga yillik 12-15 foiz, yaʼni tuman boʻyicha bir kunda 900-912 tonnadan ziyod gʻalla mahsuloti tayyorlanib, “Mangʻit don” filiali omborxonasiga yetkazib berilmoqda.
Tumanimiz gʻallazorlarida hosil oʻrim-yigʻimi esa avj pallada. Mehnatkash va lafzi halol dehqonlarimiz qisqa fursatlarda 2020-yilning yuksak “qirmizi don” xirmonini yaratish maqsadida fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda.

Ikrom KENJAYeV,
“Taxiatosh don mahsulotlari AJ “Mangʻit don” filiali rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019