Yuksak pilla xirmoni bunyod etilyapti
Joriy pilla mavsumi yakuniga ham sanoqli kunlar qoldi. Bu yilgi mavsumda ham amudaryolik kasanaçi pillakorlar öz mehnatsevarligi bilan yuksak pilla xirmonini bunyod etmoqdalar. Bugungi kunda tumandagi pilla qabul qiliş maskanlari samarali faoliyat olib bormoqda. Ularda qabul qilingan yuqori sifatli xomaşyo uçun tölovlar töğridan-töğri, tarozi boşida amalga oşirilmoqda.
Pilla qabul qiliş jarayonlari tuman mutasaddilarining doimiy eʼtiborida. Yaqinda tuman hokimi örinbosari, Oila va xotin-qizlar bölimi rahbari Gözal Saburova pilla qabul qiliş punktida bölib, iş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi. Hokim örinbosari kasanaçi xotin-qizlar bilan samimiy muloqot qurib, masʼuliyatli mehnatlariga yuqori baho berdi va samimiy minnatdorlik izhor etdi.
Pillaçilik – nafaqat milliy anʼanalarimiz bilan boğliq qadimiy kasb, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida tobora muhim örin egallab borayotgan daromadli tarmoqlardan biri sanaladi. Ayniqsa, serquyoş va iliq iqlimga ega yurtimizda tut daraxtining keng yetiştirilişi, ipak qurti uçun zarur şaroitlar yaratilgani sohani yanada rivojlantirişga keng yöl oçmoqda.
Maʼlumki, pilla – yetti xazinaning biri, pillaçilik esa yuksak masʼuliyat, mehnatsevarlikni talab etuvçi sohadir. Ipak qurti xonadonga faqat daromad emas, balki qut-baraka ham olib kiradi. Ularni parvarişlaş jarayoni juda masʼuliyatli böliş bilan birga xonadon aʼzolari uçun qiziqarli iş sanaladi. Pillaçilikdan olinadigan kumuş tola – yuqori sifatli va foydali mahsulotdir. Ipak tolasidan tayyorlangan kiyim-keçaklar inson uçun foydali hisoblanadi.
Joriy mavsumda ham amudaryolik pillakorlar ğayrat va şijoat bilan mehnat qilmoqdalar. Ovul va mahallalarda köplab xonadonlar pillaçilikka jalb etildi. Ayniqsa, peşqadam pillakorlar mehnati munosib rağbatlantirilib, tuman hokimligi tomonidan esdalik sovğalari topşirilyapti. Bu esa aholi orasida pillaçilikka bölgan qiziqişni yanada oşirdi.
Eʼtiborli jihati, pillakorlar tölovlarni tarozi boşida olmoqdalar. Bu esa ularning mehnatga bölgan iştiyoqini yanada oşiryapti.
Maʼlumot örnida, joriy yilda amudaryolik kasanaçi pillakorlar bilan 296 tonna hosil yetiştiriş böyiça kontraktatsiya şartnomalari tuzilgan. Şu maqsadda 2 ming 658 ta xonadonga jami 4 ming 936 quti ipak qurti tarqatib berilgan. Ipak qurtini 25–30 kun davomida parvarişlaş orqali mömay hosil oliş mumkin. Taʼkidlaş joizki, hozirda yiliga 2-3-marta pilla yetiştiriş imkoniyatlari kengayib, sohaning iqtisodiy samaradorligini yanada oşmoqda.
Mamlakatimizda pillaçilikni rivojlantiriş maqsadida keng kölamda şart-şaroit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Yangi tut plantatsiyalari barpo etilmoqda, sohaga doir zamonaviy bilim va texnologiyalar joriy etilmoqda. Bu esa pillaçilikning faqat yakka tartibda emas, balki mahalliy iqtisodiyot rivoji uçun ham muhim ahamiyatga ega ekanini körsatadi.
Islohotlar natijasida Amudaryo tumanida ham pillaçilik yildan-yilga ösib, aholining yuqori daromad manbaiga aylanib bormoqda. Kasanaçi pillakorlar mehnatining munosib rağbatlantirilişi, tölovlarning öz vaqtida amalga oşirilişi, mavjud resurslardan unumli foydalaniş soha samaradorligini oşiryapti. Mahalliy aholining uşbu sohaga bölgan qiziqişi ortib borayotgani esa pillaçilikning tumanda eng istiqbolli tarmoqlardan biriga aylanayotganidan dalolat beradi.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶