ÇOYKÖLLIKLAP KAPANTIN DAVPIDA HAM OBODLIK, FAPOVONLIK UÇUN INTILMOQDALAP
Çoyköl ovulida 1000 dan ziyod xonadonlarda 7 mingga yaqin aholi yaşaydi.
Ularning orasida turli kasb egalari, ovul fayzi-fariştalari bölgan nuroniy keksalar, tadbirkorlar va ilm oliş sari dadil intilib, köpgina yutuqlarga erişayotgan yoşlar bor.
Ovul 2019-yilda “Obod qişloq” dasturi asosida köpgina quriliş-taʼmirlaş işlari olib borilganligi, yölaklar asfaltlanib, hududi obodonlaştirilib, kökalamzorlaştirilgani tufayli özgaça fayzga ega böldi. Mehnatkaş, qöni-qöşniçilik aloqalari, mehr-oqibati mustahkam aholi bugungi kunda butun dunyoni larzaga solayotgan koronavirus infektsiyasi tarqalişi munosabati bilan mamlakatimizda joriy etilgan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilişmoqda. Pandemiya davrida hududda karantin qoidalariga zid holatlar, yaʼni töy-marosimlar beriş, işi töxtatilgan korxona-taşkilotlarning faoliyat körsatişi kabi holatlar sodir etilmadi.
Ovul masʼullarining bu borada aholi orasida tuşuntiriş-tarğibot işlarini yaxşi olib borişgani tufayli aholi uyda qolib daromad topiş, çorva va parranda parvarişlaş bilan bir qatorda tomorqa yerlaridan möl hosil undiriş niyatida mehnat qilişmoqda.
Karantin tufayli ayrim kasblar faoliyati vaqtinça töxtatilgani bois, oilalarda iqtisodiy qiyinçiliklarga uçrayotgan ehtiyojmand oilalar ahvoli örganilib, röyxati şakllantirildi. Bunga köra 26 ta kam taʼminlangan oilalarni ovul tadbirkorlari ijtimoiy himoya qilib kelişayapti.
Şu kungaça “Saxovat va kömak” umumxalq harakati doirasida 71 ta oilalarga jami 15 million 500 ming sömlikdan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari tarqatib berildi.
Dehqonçilikda köp yillik tajribaga ega, el dasturxoni tökin-soçinligiga hissa qöşib kelayotgan Bibirabo Bobojonova, Omongul Dösmurodova, Muborak Gulmirzayeva, Mömin Eşmurodov, Pustam Bobojonov, Komil Norboyevlar öz xonadonlarida taşkil etgan issiqxonalarida ertagi sabzavotlar yetiştirişib, oilasidan ortganini hamqişloqlari bilan baham körişmoqda.
Joriy yilda Zumrad Jabborova ham oilasi tomorqasining 7 sotixlik joyida zamonaviy issiqxona barpo etdi. Hozir uşbu issiqxonada bodring, pomidorlar yetilay deb turibdi. Şuningdek, Mahmudjon Norboyev ham yaxşi niyatlar bilan issiqxona qurib, ham ertagi sabzavotlar yetiştirayapti, ham turli ekinlar köçatlarini yetiştirib, özidan ortganini qöni-qöşnilarga sotdi. Şunisi eʼtiborliki, ovuldagi issiqxonalar egalari kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga ekinlar köçatlarini bepul tarqatdi.

Ovul tadbirkorlaridan “Döstlik-Çoyköl savdo” masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Maqsud Sobirov, advokat Şerzod Abdullayev, tadbirkorlar Samandar Bobojonov, Madat Törayev, Alişer Aminboyev, Xudoyor Aytekov, Xuşnud Çorşamov va fermer xöjaliklari rahbarlari boquvçisini yöqotgan, nogironligi bor, ehtiyojmand oilalarni moddiy qöllab-quvvatlab kelmoqdalar, tomorqa yerlarini haydab, ekinlar ekişga yordam bermoqdalar.
Ovul fuqarolar yiğini masʼullari xonadonlarda bölib, öz oilasi iqtisodini yuksaltirişi uçun ipak qurti boqib ham möl daromad olişi mumkinligini keng tuşuntirdilar. Natijada ipak qurti boquvçilar köpaydi. Sohada köp yillik tajribaga ega pillakorlardan Gulsaur Nagmetova, Sanobar Primbetova, Paʼno Primbetovalar ipak qurti boqişda boşqalargi örnak bölmoqdalar.
Ha, izlagan imkon topadi. Ertangi kunimizning qay tarzda bölişi, albatta, bugungi harakatlarimizga boğliq. Çoykölliklar buni sidqidildan his qilib, karantin davrida ham qöl qovuştirib ötirmay, obodlik, farovonlik uçun intilmoqdalar.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶