KAPANTIN ÇOPALAPI KUÇAYTIPILMOQDA, MANĞIT DEHQON BOZOPI HAFTADA FAQAT 3 KUN FAOLIYaT YuPITADI
Aholi örtasida koronavirus infektsiyasining tarqaliş zanjirini uziş maqsadida Pespublika maxsus komissiyasi qarori bilan 2020-yil 13-iyuldan 2020-yil 1-avgustga qadar respublika miqyosida qöşimça ravişda karantin çeklovlari kiritildi.
Jumladan,
- sartaroşxona va gözallik salonlari faoliyati töxtatiladi;
- mahalliy (içki) aviaqatnovlar va temir yöl qatnovi töxtatiladi;
- 65 yoşdan oşgan şaxslarga “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etiş hamda sababsiz uydan taşqariga çiqmaslik tavsiya etiladi.
- Şuningdek, joriy yil 18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining (“Tez yordam” xizmati, tibbiyot muassasalari, SEO markazlari, IIB va Milliy gvardiya xodimlarining xizmat va şaxsiy avtomaşinalaridan taşqari), şuningdek, yönalişsiz taksilarning harakati töliq töxtatiladi.
18-19-iyul hamda 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari
➖aholiga – “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;
➖davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş tavsiya etiladi.
❗️Qöşimça tarzda şuni maʼlum qilamizki, aholi örtasida koronavirus infektsiyasining tarqaliş zanjirini uziş maqsadida Manğit dehqon bozori endilikda 2020-yil 1-avgustga qadar haftaning faqat seşanba, payşanba va şanba kunlari faoliyat yuritadi. Haftaning boşqa kunlarida bozor faoliyati töxtatiladi.
Karantin qoidalari va joriy qilingan çeklovlarga töliq amal qilişingizni söraymiz.
Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶