KONSTITUTsIYa - XALK IRODASINING YuKSAK IFODASI
Davlatimiz va jamiyatimiz hayotida alohida örin olgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 21 yilligi xalqimiz tomonidan keng nişonlanmoqda. Konstitutsiyamiz Respublikamizda insonparvar demokratik huquqiy davlat, erkin bozor iqtisodiyotini şakllantiriş, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etişning eng muhim qoidalarini özida mujassam etib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori bölib xizmat qilmoqda. Yurtboşimiz taʼkidlaganidek, "Har qanday davlatning Konstitutsiyasi unda yaşovçi xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi”.Özbekiston mustaqillikni qölga kiritgaç, Qoraqalpoğistonning maqomi suveren demokratik respublika darajasiga kötarildi. Uşbu maqom Konstitutsiyamizning 1-moddasida öz aksini topgan. "Asosiy qonunimiz, – deb taʼkidlaydi bu borada Prezidentimiz, – Özbekiston tarkibidagi Qoraqalpoğiston Respublikasining maqomini tan oladi va uning suverenitetini muhofaza etadi”. Har ikki respublika örtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarning huquqiy asoslari Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining Konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
Taʼkidlaş joizki, Özbekistonning davlat mustaqilligiga erişişi, öz navbatida, Qoraqalpoğistonning ham davlat suverenitetini qölga kiritişiga olib keldi. Qoraqalpoğiston davlat suverenitetining poydevorini yaratişda dastlabki asos sifatida, 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasining suvereniteti töğrisidagi Deklaratsiya”ni körsatib ötiş mumkin. Mazkur hujjatda Qoraqalpoğiston Özbekiston Respublikasi tarkibidagi suveren respublika, deb eʼlon qilingan edi. Şu bilan birga, Qoraqalpoğistonning 1990-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Özbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpoğiston Respublikasi suvereniteti töğrisidagi Deklaratsiyasi”da ham uning suveren maqomi belgilab qöyilgan. Mazkur Deklaratsiyaning 9-bandida Qoraqalpoğiston Respublikasining suvereniteti uning Konstitutsiyasi bilan taʼminlanadi, Özbekiston Respublikasi Qoraqalpoğiston Respublikasi manfaatlarini uning Asosiy Qonuniga köra va Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq himoya qiladi, deb qayd etilgan.
Şuni taʼkidlaş zarurki, biz Konstitutsiyamizni qabul qiliş bilan öz umrini ötab bölgan, mafkuralaşgan, mustabid maʼmuriy-buyruqbozlik tizimidan butunlay voz keçdik, mamlakatimizni huquqiy-demokratik rivojlantirişga qaratilgan, xalqimizning tub manfaatlariga javob beradigan yangi strategiyani aniq belgilab oldik. Asosiy Qonunimizda birinçi navbatda şaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qöyilganini yana bir marta taʼkidlaş joiz.
Maʼlumki, har qanday davlat öz aholisining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini kafolatlaşga qaratilgan ijtimoiy funktsiyani amalga oşiradi. Respublika fuqarolarining munosib hayot keçirişlarini taʼminlaş Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining muqaddimasida eʼlon qilingan maqsadlaridan biridir. Bu maqsad jamiyatda ijtimoiy adolat va qonuniylik printsiplari asosida hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarining ijtimoiy himoyasini taʼminlaş orqali amalga oşirilişi Konstitutsiyamizning bir qator moddalarida öz ifodasini topgan. Jumladan, Konstitutsiyamizning 37-moddasiga muvofiq, har kim qariganda, mehnat layoqatini yöqotganda, şuningdek, boquvçisidan mahrum bölganda va qonunda nazarda tutilgan boşqa hollarda ijtimoiy taʼminot oliş huquqiga ega. Uning 62-moddasiga asosan esa, davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bölgan bolalarni boqiş, tarbiyalaş va öqitişni taʼminlaydi, bolalarga bağişlangan xayriya faoliyatlarni rağbatlantiradi. Şuningdek, Konstitutsiyamizda ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar öz ota-onalari haqida ğamxörlik qilişga majbur ekanliklarining belgilanganligi milliy qadriyatlarimizga asoslangan bölib, uşbu normalar biron-bir davlat Konstitutsiyasida mavjud emas. Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinişi esa Konstitutsiyaning 63-moddasi bilan kafolatlangan. Konstitutsiyamizning 34-moddasiga asosan, har bir şaxs mulkdor bölişga haqli ekanligi va bepul umumiy taʼlim oliş davlat tomonidan kafolatlanganligi 39-modda bilan mustahkamlab qöyilgan.
Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyamiz nafaqat bugungi kunning Qomusi, balki u ertangi kunimiz, yangilanayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniq belgilab beruvçi hujjat, kelajak avlod yölini yoritib turuvçi mayoqdir. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, har qanday davlatning yuzi, obrö-eʼtibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Zero, Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnomadir.
Zulxumor Baltabayeva,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶