AFFINAJ FAOLIYaTINI LITsENZIYaLAŞ TARTIB-TAMOYILLARI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasida zargarlik tarmoğini jadal rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining “Affinaj faoliyatini litsenziyalaşni tartibga soliş çora-tadbirlari töğriida”gi 86-sonli karori qabul qilingan.
Qarorga muvofiq affinaj faoliyatini litsenziyalaş 2020-yilning 15-martidan boşlab Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi tomonidan beradigan litsenziya asosida yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi.
Aaffinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali tomonidan beriladi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 399-son qarori bilan tasdiqlangan Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bilan işlaşga röyxatdan ötkaziş guvohnomasi beriladigan iş turlari (faoliyat turlari guruhlari doirasida) röyxatiga muvofiq tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan xom-aşyo bilan işlaşga Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi tomonidan avval berilgan röyxatdan ötkaziş guvohnomasi asosida faoliyat körsatadigan yuridik şaxslar uşbu faoliyat turini röyxatdan ötkaziş guvohnomasining amal qiliş muddati tugaguniça litsenziya olmasdan amalga oşiriş huquqiga ega.
Affinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun litsenziya 10-yil muddatga, keyinçalik uzaytiriş imkoniyati bilan beriladi.
Affinaj faoliyati yuridik şaxslar tomonidan amalga oşiriladi (oilaviy korxonalar bundan mustasno).
Affinaj faoliyati qimmatbaho metallarni qayta işlaş va ajratib oliş, ularni qaytarib bermaslik yoki affinaj qilingan holda qaytarib beriş xizmatlarini öz içiga oladi.
Foydali qazilmalarni qazib oliş uçun yer qaʼri uçastkalaridan foydalaniş uçun litseziyaga ega buliş kerak. Affinaj faoliyatini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya faqat faoliyat litsenziyada körsatilgan joyda amalga oşirilganda haqiqiy hisoblanadi. Agar litsenziat tomonidan litsenziyada körsatilmagan boşqa joyda tarkibida qimmatbaho metallar bölgan ikkilamçi resurslarni, parça va çiqindilarni sotib oliş va sotiş, töplaş, qismlarga ajratiş, dastlabki işlov beriş, saralaş punktlari taşkil qiligan hollarda, litsenziat qimmatbaho metallar hamda qimmatbaho toşlar bilan işlaş uçun Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan röyxatdan ötkaziş guvohnomasini oladi.
Affinaj faoliyatini amalga oşirişda quyidagilar qöşimça litsenziya talablari va şartlari hisoblanadi:
a) Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalaştirilmaydigan va (yoki) ustav fondida davlat uluşiga ega bölmagan yoki uluşi 50 foizdan kam bölgan yuridik şaxslar uçun:
litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oşiriş uçun mulk huquqida tegişli bölgan texnologik uskunalar va boşqa texnik vositalarning mavjudligi;
qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlaş uçun tegişli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan ötgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;
prekursorlar aylanmasi, ulardan foydalaniş va ularni saqlaş bilan boğliq faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziyaning mavjudligi;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
mineral xom-aşyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar bölgan ikkilamçi resurslar, parça va çiqindilarga dastlabki işlov beriş sohasida maxsus bilimga yoki könikmalarga ega bölgan xodimlarning ştatda mavjudligi;
barça operatsiyalar böyiça işlarni tartibga soluvçi işlab çiqilgan (mustaqil ravişda yoki professional mutaxassislarni jalb qilgan holda) texnik hujjatlarning mavjudligi;
b) Özbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan va (yoki) ustav fondida 50 foizdan ortiq davlat uluşiga ega bölgan yuridik şaxslar uçun:
litsenziatga affinaj faoliyatini amalga oşiriş uçun operativ boşqariş yoki xöjalik yuritiş huquqi asosida tegişli bölgan zamonaviy texnologik uskunalar va boşqa texnik vositalarning mavjudligi;
qimmatbaho metallarning foiz tarkibini aniqlaş uçun tegişli uslublarga ega va davlat qiyoslovidan ötgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan kimyo laboratoriyasining mavjudligi;
mineral xom-aşyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar bölgan ikkilamçi resurslar, parça va çiqindilarga dastlabki işlov beriş sohasida maxsus bilimga ega bölgan xodimlarning ştatda mavjudligi;
prekursorlar aylanmasi, ulardan foydalaniş va ularni saqlaş bilan boğliq faoliyatni amalga oşiriş uçun litsenziyaning mavjudligi;
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi;
barça turdagi operatsiyalar böyiça işlarni amalga oşirişga talablarni, çeklovlar, sarflaş normalari va yöqotiş normalari tartibga solib turuvçi texnik hujjatning mavjudligi;
mineral xom-aşyo, qimmatbaho metallar, ikkilamçi resurslar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar qoldiqlari hamda çiqindilarini kirim qiliş, sarflaş, hisobga oliş va saqlaş tartibiga rioya qiliş böyiça talablarni sözsiz bajariş;
xom-aşyodagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan işlab çiqarişdagi qimmatbaho metallarning kelib tuşişini, sarflanişini va qoldiqlarini, şuningdek, uşbu qimmatliklar çiqindilari va yöqotişlarining qatʼiy hisobini yuritiş;
qimmatbaho metallarning, şu jumladan mineral xom-aşyodagi, ikkilamçi resurslardagi, parçalar va çiqindilardagi, yarim fabrikatlardagi, tugallanmagan işlab çiqarişdagi, barça saqlaş joylaridagi va bevosita işlab çiqarişdagi qoldiqlarni belgilangan muddatlarda xatlovdan ötkaziş;
mineral xom-aşyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan ikkilamçi resurslar, parça va çiqindilarni qayta işlaşni tartibga soluvçi zarur texnik hujjatlarning mavjudligi;
mineral xom-aşyo, qimmatbaho metallar, tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toşlar bölgan ikkilamçi resurslar, parça va çiqindilar harakati haqida litsenziyalovçi organga har çoraklik hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim qiliş.
Affinaj faoliyatini davom kildirişi uçun avval berilgan litsenziyasining amal qiliş muddati tugaşiga uç oydan köp vaqt bölsa qayta rasmiylaştiriladi, aks holda yangi litsenziya oliş talab qilinadi.
Nazokat Alliyazova, tuman Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶