Mahalliy Kengaşlar faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan seminar taşkil etildi
Özbekistonda demokratik islohotlarni çuqurlaştiriş va davlat boşqaruvida xalq vakilligini kuçaytiriş borasidagi tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar, avvalambor, Oliy Majlisning vakolatlarini kengaytiriş, mahalliy Kengaşlarning mustaqilligini oşiriş, ijro hokimiyati organlari ustidan deputatlik nazoratini kuçaytiriş va “xalqçil davlat” tamoyilini amalda röyobga çiqarişni öz içiga oladi. Ayniqsa, joylarda mahalliy ijro organlari rahbarlarining masʼuliyatini oşirişga qaratilgan aniq mexanizmlar joriy etilmoqda.
Ayni şu maqsadda, 5-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida “Mahalliy Kengaşlar faoliyatini namunali taşkil etiş” mavzusida körgazmali seminar taşkil etildi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini örganiş markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan ötkazildi. Seminarning asosiy maqsadi Senat Kengaşining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari faoliyatini namunali taşkil etiş töğrisida”gi qarori ijrosini taʼminlaşga qaratildi. Mazkur qaror asosida Nukus şahar Kengaşining faoliyati tasdiqlangan meʼyorlar asosida töliq yölga qöyilgan. Endilikda Nukus şahar Kengaşining tajribasini hududdagi boşqa mahalliy Kengaşlarga ham tatbiq etiş va mahalliy vakillik organlari faoliyatini yanada jonlantiriş közda tutilmoqda.
Seminarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning özini-özi boşqariş organlari hamda davlat organlarining oçiqligini taʼminlaş masalalari qömitasi raisi Şarapat Otemisov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisi, tuman hokimi Sobir Xöjametov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesiga Amudaryo tumanidan saylangan deputatlar, tuman Kengaşi deputatlari, Kengaş huzuridagi “Yoşlar maslahat guruhi” aʼzolari, siyosiy partiyalar rahbarlari hamda OAV vakillari iştirok etdilar.
Seminarda asosiy eʼtibor “Xalq deputatlari mahalliy Kengaşining doimiy komissiyalari faoliyatini samarali taşkil etiş töğrisida”gi masalaga qaratildi. Uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar doimiy komissiyalarning yillik iş rejalarini aniq muammolar va aholi murojaatlari asosida şakllantirişni, qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan qatʼiy deputatlik nazoratini örnatişni hamda ijro hokimiyati idoralari rahbarlarining hisobotlarini muntazam eşitib borişni taqozo etadi. Samarali faoliyat – bu qoğozdagi hisobotlar emas, balki joylardagi real ijobiy özgarişlar demakdir.
Mazkur masala yuzasidan Kengaşning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantiriş va iqtisodiy islohotlar masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Madamin Kazakov, Korruptsiyaga qarşi kuraşiş va xavfsizlik masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi Yaxşimurat Ahmedovlar sözga çiqib, doimiy komissiyalarningfaoliyati haqida maʼlumotlar berdilar hamda uni kelgusida yanada takomillaştiriş yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon qildilar.
Deputatlar tomonidan Kengaşning tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qöşayotgan hissasi, xalq vakillarining aholining muammolarini hal etişdagi örni, şuningdek, davlat organlari faoliyatida oçiqlik va şaffoflikni taʼminlaş masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Xususan, deputatlarning mahalliy byudjetni tasdiqlaş va uning ijrosini nazorat qilişdagi rolini kuçaytiriş, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça dasturlarning ijrosini nazorat qiliş, sayyor qabullar orqali aholi bilan bevosita muloqotni yölga qöyiş muhimligi taʼkidlandi. Kengaş sessiyalarini ijtimoiy tarmoqlar orqali jonli efirga uzatiş, qabul qilingan qarorlarni oçiq eʼlon qiliş va jamoatçilik eşituvlarini ötkaziş amaliyotini kengaytiriş zarurligi taʼkidlandi.
Tadbir doirasida iştirokçilar mahalliy Kengaş faoliyatining namunaviy modeli, deputatlarning taşabbuslari hamda ularning joylardagi aholi bilan özaro hamkorlik mexanizmlari bilan yaqindan tanişdilar. Aynan şu mexanizmlar orqali deputatlik korpusi aholining hayotiy muammolariga tezkor yeçim topişda köprik vazifasini bajarişi lozimligi qayd qilindi.
Mazkur seminar mahalliy Kengaşlar faoliyatini yanada takomillaştiriş, deputatlar taşabbuskorligini oşiriş va ularning jamiyat hayotidagi rolini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi. Bu esa kuçli va xalqçil vakillik organini şakllantiriş orqali hududlarni rivojlantiriş strategiyasini izçil amalga oşiriş uçun mustahkam asos yaratadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶