Sud-huquq masalalari yuzasidan sayyor qabul ötkazildi
Amudaryo tumanida aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, fuqarolarni qiynab kelayotgan sud-huquq masalalariga aniqlik kiritiş hamda jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaşga qaratilgan tadbirlar izçil davom etmoqda. Ana şunday muloqotlardan biri 16-mart kuni tumanning “Nazarxon” ovul fuqarolar yiğini maʼmuriy binosida taşkil etildi. Unda jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev, fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakçi mutaxassisi Sanʼat Avezov, “Madad” nodavlat notijorat taşkiloti yuristi Davron Pirmanov hamda Nazarxon ovuli faolari, aholi vakillari iştirok etdi.
Sayyor qabul avvalida jinoyat işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Jasurbek Baltabayev “Narkotik moddalar aylanmasiga qarşi kuraşda sudlarning örni” mavzusida fuqarolarga huquqiy tuşuntirişlar berdi. Taʼkidlanganidek, bugungi kunda narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasi jahon miqyosidagi eng xavfli jinoyatlardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda. Bunday illat nafaqat alohida şaxs, balki butun jamiyat salomatligi, yoşlar kelajagi va davlat xavfsizligi uçun jiddiy tahdid tuğdiradi.
Taʼkidlanganidek, narkotik vositalarni noqonuniy işlab çiqariş, saqlaş, taşiş va tarqatiş kabi harakatlar jinoiy javobgarlikka sabab böladi. Bu kabi huquqbuzarliklar oqibatida inson salomatligiga putur yetadi, oilalar parokanda böladi, jinoyatçilik darajasi ortişiga zamin yaratiladi. Şu nuqtai nazardan, sudlar mazkur toifadagi işlarni körib çiqişda qonun ustuvorligini taʼminlaş, dalil va ekspertizalarni xolis tahlil qiliş, aybdorlarga adolatli jazo tayinlaş va ayni vaqtda inson huquqlarini himoya qilişda hal qiluvçi ahamiyat kasb etadi. Qatʼiy va asosli sud qarorlari esa jinoyatçilikning oldini olişda muhim profilaktik taʼsir körsatişi taʼkidlandi.
Tadbir davomida fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi raisi Adilbek Seytnazarov ham aholi uçun dolzarb bölgan “Kredit şartnomasi va undan kelib çiqadigan muammolar” mavzusida batafsil maʼruza qildi. Unda kredit tuşunçasi, uning huquqiy asoslari va şartnomaviy majburiyatlar mazmuniga alohida töxtalib ötildi. Qayd etilganidek, kredit — muddatlilik, qaytarişlilik va foiz tölaş şarti bilan vaqtinça beriladigan pul mablağlari yoki boşqa qimmatliklardir.
Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga muvofiq, kredit şartnomasi böyiça bank yoki boşqa kredit taşkiloti qarz oluvçiga şartnomada belgilangan miqdor va şartlar asosida pul mablaği beriş, qarz oluvçi esa mazkur mablağni qaytariş hamda uning uçun foiz tölaş majburiyatini olişi tuşuntirildi. Maʼruzada kredit şartnomasi qarz şartnomasidan farq qilişi, unda kreditor sifatida faqat vakolatli bank yoki tegişli litsenziyaga ega kredit taşkiloti iştirok etişi mumkinligiga urğu berildi.
Adilbek Seytnazarov kredit munosabatlarida har ikki tarafning ham aniq huquq va majburiyatlari mavjudligini misollar bilan tuşuntirib berdi. Jumladan, kreditor kelişilgan şartlar asosida mablağni berişga majbur bölsa, qarz oluvçi uni belgilangan muddatda foizi bilan qaytarişi şart. Şu bilan birga, kredit summasi real olingan paytdan boşlab qarz oluvçining foiz tölaş va qarzni qaytariş majburiyati yuzaga kelişi haqida ham huquqiy izohlar berildi. Bu esa aholining kredit şartnomalarini imzolaşdan oldin hujjat mazmunini çuqur anglab olişi naqadar muhim ekanini yana bir bor körsatdi.
Sayyor qabulning amaliy qismida esa fuqarolar özlarini qiziqtirgan sud-huquq masalalari, kredit munosabatlari, huquqiy javobgarlik, murojaatlarni körib çiqiş tartibi kabi qator savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildi. Tadbir iştirokçilari har bir murojaat yuzasidan atrofliça huquqiy tuşuntiriş va amaliy maslahatlar oldi.
Mazkur sayyor qabul aholi bilan oçiq muloqotni kuçaytiriş, huquqiy savodxonlikni oşiriş va fuqarolarning muammolarini joyida hal etiş borasida muhim ahamiyat kasb etdi. Eng muhimi, bu kabi uçraşuvlar sud-huquq sohasi va xalq örtasidagi özaro işonçni mustahkamlaşga, qonunlarga hurmat ruhini yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶