ÖZBEKISTON FERMERLARI KENGAŞINING BÖLIM BOŞLIĞI AMUDARYoDA FERMER XÖJALIKLARI FAOLIYaTINI ÖRGANDI
Mamlakatimizning barça hududlaridagi paxtaçilik yönalişidagi fermer xöjaliklarida kuzgi yiğim-terim işlari avj pallaga kirgan. Paxta yiğim-terimida iştirok etayotgan terimçilarga zarur şart-şaroitlar yaratiş, paxta teriş maşinalarining quvvatlaridan unumli foydalaniş, şuningdek, fermer xöjaliklarida energiya tejamkor texnologiyalari, tomçilatib suğoriş agregatlarini örnatiş orqali iqtisodiy tejamkorlikka erişiş borasidagi işlar Özbekiston Fermerlari Kengaşi tomonidan doimiy ravişda monitoring qilib borilmoqda. Şu maqsadda Kengaşning bölim boşliği Mehriddin Muhammadiyev Amudaryo tumanida bölib, sohada amalga oşirilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.
Mehriddin Muhammadiyev tumandagi “Pirmatov Bahrom”, “K-Hamid”,”Murodbek Zebo”, “Sitmamut”, “Haytakov Uluğbek” fermer xöjaliklarida bölib, dalalardagi terim surʼati, paxta terimi jarayonida iştirok etayotgan terimçilarga yaratilgan şart-şaroitlarni örgandi. Ilğor terimçilar bilan uçraşib, ularga Kengaş tomonidan tayyorlangan sovğalarni topşirdi.
Örganişlar jarayonida “Sitmamut”, “Haytakov Uluğbek” fermer xöjaliklari rahbarlari bilan uçraşib, moliyaviy masalalarda, xususan, turli jamğarmalar va subsidiya mablağlaridan maqsadli foydalaniş yuzasidan maslahatlar berdi. Şu bilan birga, tumandagi fermer xöjaliklarida jamğarma mablağlaridan samarali foydalaniş holati ham örganildi.
Bundan taşqari, fermer xöjaliklarida kredit mablağlaridan maqsadli foydalaniş, “yaşil iqtisodiyot” tamoyiliga muvofiq olib borilayotgan işlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Unga köra, tumandagi “Murodbek Zebo” fermer xöjaligi tomonidan 1 mlrd. 303 mln söm kredit mablağlari hisobidan 250 kilovatt quvvatga ega quyoş panellari, “K-Xamid” fermer xöjaligi tomonidan esa 268 mln. söm kredit mablağlari hisobidan 70 kilovatt quvvatli quyoş panellari örnatilib, bugungi kunda fermer xöjaligi isteʼmolidan ortganini tarmoqqa sotayotganligi ijobiy baholandi va mazkur fermer xöjaliklari tajribasini butun tuman böylab keng ommalaştiriş zarurligi taʼkidlandi.
Mehriddin Muhammadiyev bu boradagi işlarni yanada yaxşilaş, suv ölçagiç uskunalari örnatiş va tomçilatib suğoriş texnologiyalarini joriy etiş istagida bölgan fermerlar röyxatini şakllantiriş böyiça Amudaryo tuman Fermerlar Kengaşi raisi Ilhom Polvonov va boşqa masʼullarga zarur körsatmalar berdi.
Şuni alohida eʼtirof etiş joizki, Amudaryo tumanidagi “Haytakov Uluğbek” fermer xöjaligi tomonidan "Amudaryo kelajagi" işlab çiqariş kooperativi taşkil qilingan bölib, mazkur kooperativga hududdagi 4 ta fermer xöjaliklari aʼzo bölgan hamda 2025-yil paxta hosilini uşbu kooperativga topşirmoqda. Kooperativ "Agro tarozi" platformasiga ulanganligi unga aʼzo bölgan fermer xöjaliklaridan paxta hosilini qabul qilişda şaffoflikni taʼminlaş imkonini bermoqda.
Kooperativning ilğor tajribasini tuman miqyosida ommalaştiriş, şuningdek, dalalarning çetlariga köçat ekiş, ariqlarni betonlaş, suv ölçagiçlar örnatiş, tomçilatib suğorişni hamda sohaga doir innovatsion yangiliklarni keng joriy etiş yuzasidan “Haytakov Uluğbek” fermer xöjaligi va “Amudaryo kelajagi” işlab çiqariş kooperativi masʼullariga qator tavsiyalar berildi.
Örganişlar jarayonida kamçiliklarga ham eʼtibor qaratildi. Xususan, fermer xöjaliklarida mavjud nasoslardan foydalanişda elektr energiyasidan yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qiliş böyiça tegişli masʼullarga topşiriqlar berildi. Paxta va ğalla yetiştirişda nasoslarga sarflanadigan elektr energiyasi tölovini subsidiya hisobidan qoplaş tartibi haqida markaz xodimlariga tuşuntirişlar berildi.
Örganişlar natijalariga köra Amudaryo tumanidagi fermer xöjaliklari rahbarlarini tarmoqdagi bir qator muammolar qiynab kelayotganligi ham maʼlum böldi va ularni hal qiliş çoralari körildi.
Mehriddin Muhammadiyev fermer xöjaliklari rahbarlari bilan alohida suhbatlaşiş va ularning faoliyatiga doir yutuq va muammolarini örganişlar jarayonida amudaryolik fermerlarga öz faoliyatlarini zamon talablari darajasida taşkillaştiriş, agrar tizimga doir yangilik va özgarişlarni sohaga keng joriy etiş yuzasidan zarur tavsiyalar va topşiriqlar berdi.
ROBIYa YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶