OBOD MANZILLARDA SOFLOM FARZANDLAR DUNYoGA KELADI
Xalqimizda azaldan tozalik va ozodalikka, poklikka katta ahamiyat berilgan. Ota-bobolarimiz qadimdan hovli va uy-joylarni, mahalla va guzarlarni orasta saqlab, obodlikni kundalik turmuş tarziga aylantirişgan. Şu maqsadda haşarlar, obodonlaştiriş tadbirlari ötkazilgan.
Bu asriy anʼanalar istiqlol yillarida yanada keng quloç yozib, köngillar obodligi hovli va köçalar, mahallalar, şahar va qişloqlar obodligida öz aksini topmoqda.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topşiriği bilan tuman markazlari va mahallalarda namunaviy köçalar taşkil qiliş böyiça vazifalar belgilanib, namunaviy holatga keltiriladigan köçalarga qöyiladigan asosiy talablar va tavsiyalar işlab çiqilgan.
Quyida uşbu talab va tavsiyalarni Sizning eʼtiboringizga havola qilmoqdamiz. Işonamizki, nafaqat tuman markazidagi, balki har bir ovul va mahallada yaşovçi yurtdoşlarimiz uşbu tavsiyalarga amal qilib, mazkur talablar asosida köça va hovlilarini, xonadonlarini obod qilişga kirişadilar.
Zero, obod manzillarda farovon turmuş hukm suradi, soğlom farzandlar dunyoga keladi.
1. Namunaviy köçaning umumiy körinişiga asosiy talablar
Köçalarga talablar
Köça nomi yozilgan körsatkiçlar (tabliçka), elektr çiroqlari bilan yoritilgan, mahallalarga kiriş joyida mahallalarga oid qisqaça maʼlumot körsatkiçi osilgan bölişi.
Köça yöllariga talablar
Köçaning yöllari tekis, şağal yoki boşqa turdagi qattiq qoplamalar yotqizilgan, yöl çetidagi bordyurlar tartibli joylaştirilgan, köça yuzida joylaşgan barça korxona, muassasalar hududi hamda atrofi obodonlaştirilgan bölişi.
Köçadagi ariqlarga talablar
Ariqlar qazilgan, yoğingarçilik suvlari çiqib ketişi uçun qulay, tozalangan bölişi.
Xonadonlarning joylaşuvi
Hovli va xonadonlarning devorlari va fasad qismi oqlangan, darvoza, deraza va panjaralar böyalgan va köça tomon taşqi hududi supurilgan, suv sepilgan, toza va orasta bölişi.
Daraxt va köçatlar
Köçadagi daraxtlar dekorativ tartibga keltirilgan, hovlilarning köça tomonida daraxtlar, gullar ekilgan bölişi, köça hududidagi yerlar obodonlaştirilgan bölişi.
Jamoat tartibi
Köça hududida daydi itlar bölmasligi kerak. Agar daydi itlar paydo bölsa aholi tomonidan obodonlaştiriş bölimiga öz vaqtida xabar berilişi lozim.
2. Namunaviy köçalardagi aholi xonadonlariga asosiy talablar
Hovli va tomorqaga talablar
Hovlining içki hududi toza, saranjom bölişi, supurib, mavsumni eʼtiborga olgan holda suv sepilgan bölişi, yölaklar beton yoki ğişt bilan qoplangan, xonalar tartibli qurilişi, ekin ekiladigan tomorqa mevali va manzarali daraxtlar hamda qişloq xöjaligi ekinlari ekilgan bölişi kerak.
Xonadonning taşqi fasadi va tozaligiga talablar
Xonadon va undagi xonalarning fasad qismi oqlangan, darvozasi böyalgan va imkoni bölsa uy raqami bitilgan tabliçka osilgan bölişi kerak.
Oşxonaga talablar
Oşxonaning atrofi öralgan bölib, tom qismi yopilgan, eşik va derazalar örnatilgan bölişi, xonada sunʼiy yoritkiçlar örnatilişi, tandir va öçoqlarda hosil bölgan gaz va tutunlarni çiqariş uçun binoning tom qismidan 2m. balandlikda çiqib turuvçi quvur örnatilişi, mahsulotlarni vaqtinçalik saqlaş uçun oşxonada stol örnatilişi, taom tayyorlaş maqsadida işlatiladigan içimlik suvini saqlaş uçun qopqoqli idişlar bölişi; şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etiş uçun qöl yuvgiç örnatilişi va sovun-soçiq bilan taʼminlanişi; oşxonada kundalik tozalaş işlarining olib borilişi uçun tegişli anjomlar bilan taʼminlangan bölişi kerak.
Hammomga talablar
Yuviniş xonalaridan iborat bölib, içki devori 1,8m balandlikda kafellangan yoki moyli böyoq bilan böyalgan bölişi, sunʼiy yoritiş moslamasi namlikdan himoyalangan bölişi, havo almaşini uçun fortoçka örnatilişi, issiq va sovuq suv bilan taʼminlanişi, çömiliş, kir yuviş jarayonlarida hosil bölgan mağzava va oqova suvlar uçun maxsus gidroizolyatsiyalangan öra taşkil etilişi kerak.
Yozgi duşga talablar
Yozgi duşning atrofi öralgan bölişi, suv bilan taʼminlaş uçun duş ustiga suv siğimi örnatilişi, hosil böladigan oqova suvlar uçun 2-3m. uzoqlikda maxsus öra taşkil qilinişi, kiyim ilgiç va yuviniş vositalarini qöyiş uçun şaroit yaratilgan bölişi kerak.
Xonadondagi hojatxonalarga talablar
Yaşaş xonalaridan 12m.dan kam bölmagan masofada, hojatxonani tozalaş uçun maxsus tozalaş transportining kirib-çiqiş imkoniyati közda tutilgan holda qurilişi, balandligi 2,5-3m., maydoni 3m2dan (1,5x2,0) kam bölmagan, qattiq quriliş materialidan qurilgan, tomi yopilgan, tabiiy yoritiş uçun deraza va elektr yoritkiç örnatilgan bölişi, havo almaşinuvi uçun 20x30 sm. ölçamli fortoçka örnatilişi, öraning çuqurligi (yer osti suvlarini hisobga olgan xolda) 2,0 m.dan kam bölmasligi, öra ölçami diametri 1 metrli beton quvur (lyuftklozet) yoki devorlari va tubi beton bilan qoplangan yoki gidroizolyatsiyalangan bölişi, xona yonida qöl yuvgiç örnatilişi zarur.
Molxonaga talablar
Molxona binosi yaşaş xonalari va oşxonadan uzoqroqda, alohida qurilişi, molxonada tabiiy yoruğlik va havo almaşinuvi bölişi uçun deraza örnatilişi, devori suvalib oqlangan, poli beton, pişiq ğişt yoki yoğoçdan işlangan, tekis, tozalaş uçun qulay va nişab bölişi, taşqaridan daydi it va yovvoyi hayvonlar kirişining oldini oliş maqsadida mustahkam himoyalangan bölişi, quruq turişi, atrof-muhitga hid çiqmasligi uçun kuniga kamida bir marotaba tozalab turilişi, gönglarni vaqtinçalik töplaş va keyinçalik undan mahalliy öğit sifatida maqsadli foydalaniş uçun möljallangan joylarni taşkil etiş kerak.
Tovuqxonalarga talablar
Tovuqxonalar yaşaş xonalari va oşxonadan uzoqroq bölgan joyda joylaştirilişi, eşigi ziç yopiladigan, devorlari tekis suvalgan, oqlangan, şamollatiş uçun deraza yoki tuynuk taşkil etilgan bölişi, katakning tag qismi tozalaş uçun qulay va tekis bölişi, tovuqlarni oziqlantiriş uçun qulay osma oxurçalar örnatilişi, tovuqxonalar devorlari oqlab turilişi hamda bit va kanalarga qarşi işlov berilişi, hosil bölgan tovuq göngini muntazam ravişda tozalab turilişi va maxsus öraga kömilişi talab etiladi.
It va muşuklarni saqlaşga talablar
Hovlilarda itlarni faqat boğlangan holda saqlaş, atrofi öralgan maxsus joylarda sayr qildirilişi, itlarni sotib olinganda va boşqa joyga köçganda ularning veterinariya bölimlarida röyxatdan ötkazilişi, it va muşuklarni egalari har yili röyxatga oliş guvohnomasi bilan davlat veterinariya hizmatiga (veterinariya bölimlari, veterinariya uçastkalari) emlatiş uçun olib kelişlari şart.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶