QAYNONANING DUOSI
Qaynona ançadan beri betob yotardi. Kelinlari uni oq yuvib, oq taraşar, ayniqsa, örtança kelini boşqaça edi. Oldida uzoq qolib ketar, köngli nima tusayotganini uqib, darrov oğziga tutar edi. Uning muomalasi, xatti-harakatlari samimiy, çin dildan edi. Dardni qaynonasi bilan birga tortayotgandek ezilardi. "Tavba, men bor-yöği qaynonaman, vaqti kelsa özingning bolangga malol keb qolasan, bu baraka topgur jonini berişga tayyor-a, şunaqasiyam bölarkan-da. Iloha, öğlim bilan qöşa qarisin, mendan qaytmasa, Xudodan qaytsin”, deb duo qilardi qaynona. "Xudodan qaytsin”, dedi-yu, öylanib qoldi. Axir öziyam közi oçiqligida salomga yaraşa alik degandek... Buning savobi yanayam uluğ-ku. Köngliga bir öy kelib, uni amalga oşirişga ahd qildi. Ammo ikkilanib qoldi. Qiziyam katta rözğorga beka, özidan ortolmaydi, kelsayam, ketaqolay deb közlari javdirab turadi. Nihoyat ona, qiz, kelin uçovlari jam bölib qolişdi.
– Qizim, – dedi ona.
– Labbay, oyijon.
– Manovini senga beraman devdim-da, – deya barmoğidan tuşib ketay deb turgan uzukka işora qildi ona.
– Ha, şunday degan edingiz, – deya qiz onaning pinjiga tiqildi.
– Şu desang... fikrim özgarib turibdi-da...
– Buniyam singlimga bermoqçimi-siz, u şundoğam hamma narsangizni şilvoldi-ku.
– Yöq, manovi kelinimga bermoqçiman.
– Ha, bungami, bu keliningizga gap yöq. Bilamiz, sizni öz onasidek yaxşi köradi. Lekin uzukni menga bering-u, uni duo qilavering, – deb kuldi qiz. Ona keliniga qaradi. Kelini xursand jilmayib ötirardi.
– Ha, xafaligingni bildirmaysan-a?
– Nimaga unaqa deysiz? Xursandman, oyijon, judayam xursandman... – deya onaning oyoqlarini uqalaşga tuşdi kelin, – uzukni opamga bering-da, meni duo qiling... Oltin olma, duo ol, deyişgan.
Bu dunyoga heç kim ustun bölmagan. Sal kunda ona ham olamdan ötib, öğil-qizlar öz tirikçiligi bilan ovora bölib ketdi. Duo olgan kelin bilan eri çala yotgan qurilişni bitirib, qarindoşlarni uy töyiga aytişdi. Çiroyli, barça şaroitlarga ega bölgan körkam hovliga hammaning havasi keldi.
– Buyursin, buyursin, – dedi ukasi bilan keliniga qarab opa, – birontadan xazina topib oldilaringmi, deyman?
Baxtiyorligidan közlari çaqnab, yayrab-yaşnab yurgan kelin:
– Bizga nasib qilgan eng katta xazina – oyimning duolari, – dedi.
"Duo olgan kelinçak” kitobidan olindi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶