OTA DUOSINI OLGAN QIZ
Mayra Umirboyevaning öqituvçilik kasbiga ixlos qöyişiga otasi – bir umr bolalarga taʼlim-tarbiya berib kelayotgan, nevaralar ardoğida, öğil-qizlari kamolidan quvonib yaşayotgan Marat Otajonov sababçi böldi.
Mayra ulğaysam, albatta, otamdek ustoz bölaman, deb orzu qilar, xayolan özini otasi örnida tasavvur qilib ham körardi. Biroq Xöjayli şahridagi 1-sonli maktabning 9-sinfini tamomlagaç, şu tuman Tibbiyot birlaşmasida şifokor bölib işlaydigan onasining raʼyini qaytara olmay, Tibbiyot kollejiga öqişga kirdi. Kollejni aʼlo baholarga bitirib, öz mutaxassisligi böyiça faoliyatini boşlagan vaqtida ham könglidagi öqituvçilikka bölgan havas uni tark etmadi. Şunday qilib, qöli yengil, şirin sözli hamşira bölib işlab yurgan qiz NDPIga hujjat topşirdi va sinovdan yaxşi ötib, davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi.
Mayra oliygohni muvaffaqiyatli tugatgaç, Kuyuk köpir ovuliga kelin bölib tuşdi va hududdagi 14-sonli maktabda qozoq tili fani öqituvçisi bölib mehnat faoliyatini boşladi. Bunga endigina 9-yil bölayapti. Şu davr içida Mayra maktab öqituvçilar jamoasi bilan bir oila farzandlariday bölib ketdi. Dastlab yangi oila, yangi maktab öqituvçilari, öquvçilariga könikişi oson ham bölmadi. Biroq maktabning rahbarlari, matematika öqituvçisi A.Bekmurodov, geografiya fani öqituvçisi R.Töramurodovlar unga dalda, yöl-yöriq berib turişdi.
Ha, Mayra epladi, ustoz öqituvçilar işonçini oqlab, bolalarning sevimli ustoziga aylandi.
U öqituvçilik qilib, qozoq tili va adabiyotidan dars bergan sevimli şogirdi A.Jalğasbayeva 2019-yilda oliygohning özi öqigan fakultetiga öqişga kirganida xuddi öz bolasi talaba bölganday quvondi, öz-öziga işonçi ortdi, ota-onalar unga özgaça hurmat bilan qaraydigan böldi.
Oilasidagi yumuşlari, 2013-yilda tuğilgan qizi Aydana, 2018-yilda tuğilgan öğli Nurdauletlar tarbiyasidan ortib, Mayra darsdan keyin ham öquvçilarini tögarak maşğulotlariga jalb etdi. Natijada öquvçilari yaxşi körsatkiçlarni qölga kiritdi. Xususan, 2020-yilda G.Serikboyeva, M.Örinboyevalar NDPIning Turkiy tillar filologiyasi fakultetining qozoq tili bölimiga öqişga kirişgan bölsa, 2021-yilda bir bitiruvçisi B.Reyimboyeva fanlar olimpiadasining mamlakat bosqiçi ğolibi bölib, oliygohga imtihonsiz qabul qilindi.
Jamiyatimizda öz oilasining tinç-totuvligini, ahilligini taʼminlabgina qolmay, yoş avlodni iqtidorli, bilimli, maʼnaviyatli qilib tarbiyalaşga munosib hissa qöşayotgan Mayra, u kabi fidoyi ayol-qizlarga bu taʼrif ham kam, nazarimda.
Ilohim, omon böling, kasbingizdan baraka toping!
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶