ODAM IMMUNTANQISLIGI VIRUSINING SIL RIVOJLANIŞIGA TAʼSIRI
Odam immuntanqisligi virusi (OIV) hujayra immunitetini sezilarli darajada pasaytiradi. Bu öz navbatida organizmda sil kasalligi rivojlanişi uçun şaroit yaratadi. Hozirgi davrda ikki xil infektsiyani yuqtirgan bemorlarning 70 foizi Sahroi Kabirning janubiy qismida joylaşgan Afrika davlatlarida yaşaydi. Uşbu davlatlar aholisi örtasida har yili OIV bilan zararlangan bemorlar örtasida silning faol (oçiq) turining köpayiş ehtimoli immunitetning susayişiga qarab 5-15 foizga oşmoqda.
Silga çalingan bemor immuniteti past odam bilan muloqot qilsa, bunday kişilar kasallikni tez yuqtirib olişadi. Şuningdek, ularda silning faol (oçiq) turi juda tez rivojlanadi. Odam immuntanqisligi virusi bilan yaşovçi insonlar örtasida ölim körsatkiçi yuqoriligining sababi ularda sil kasalligini davolaş, tibbiy xizmatning pastligidir. Bunday bemorlar boşqa sabablar tufayli ham hayotdan köz yumişadi. Yaʼni, ular orasida ölim körsatkiçining yuqori bölişiga rifampitsin bilan birgalikda ötkaziladigan qisqa muddatli kimyoterapiya ham sabab böladi. Tibbiyot xodimlari nazorati ostida ötkaziladigan (15 foiz) va ularning nazoratisiz (43 foiz) rifampitsin bilan ötkaziladigan uşbu qisqa muddatli kimyoterapiya muolajalarining töliq ötkazilişiga bemor doş bera olsa, OIV bilan yaşovçi şaxslarda silning qaytalanişi kam uçraydi.
Antiretrovirus (APB) dori vositalari OIV va OITSga qarşi (odam immuntanqisligi sindromi) keng qöllanilmoqda. Çunki bu dori vositalari organizmning öziga xos immun reaktsiyalarining meʼyorda keçişini taʼminlaydi. Bu esa öz navbatida silning yaşirin turidan faol (oçiq) turiga ötib ketiş xavfini kamaytiradi. Yana şuni alohida taʼkidlab ötiş joizki, ARV dori vositalari va silga qarşi preparatlarni birgalikda qöllaş OIVni hamda uning oqibatida yuzaga keluvçi ölim körsatkiçlarini pasaytiradi. Sönggi yillarda respublikamizda odam immuntanqisligi virusi bilan yaşovçilar soni bir oz köpayganligi sababli ular orasida sil bilan zararlaniş xavfi kuçaydi. Markaziy Osiyo respublikalarida, şu jumladan, Özbekistonda ham ğarb mamlakatlariga nisbatan OIV epidemiyasi va OITS nisbatan kam uçraydi. Ammo körsatkiçlar past bölsa-da, uçrab turişi kişida xavotir uyğotadi. Respublika OITSga qarşi kuraş Markazi maʼlumotlariga köra 10 foiz OIV bilan yaşovçi şaxslar sil bilan zararlangan bölişadi.
Bu holat öz navbatida respublikada OIV va sil epidemiyasining ikki karra xavfini oşiradi. Hozirgi kunda OIV giyohvandlar orasida asosan inʼektsiya orqali va mablağ evaziga intim xizmat körsatuvçi ayollar (jinsiy yöl bilan) faoliyati sababli tarqalmoqda. Ayniqsa, qamoqxonalarda ozodlikdan mahrum etilgan şaxslar orasida yuqorida taʼkidlangan infektsiyalarning tarqaliş xavfi köproq. Sababi u yerlarda oila muhitidek sifatli va turli-tuman oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qilişning iloji yöqligi va sanitariya-gigiyena şaroitlarining yetişmasligi, şuningdek, aqliy zöriqiş sababli ham silning rivojlanişiga zamin yaratiladi.
Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra sil va OIVning oldini oliş böyiça qatʼiy çora-tadbirlar körilmas ekan, uşbu infektsiyalar xavfi yaqin ön yilda yanada oşadi. Şu sababli «Salomatlik» loyihasida sil va OIV hamda OITSning oldini oliş böyiça maqsadli çoralar amalga tatbiq etilmoqda. 1993-yilda Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti sil va OIV epidemiyasining köpayişini eʼtiborga olib, bu infektsiyalar yanada keng tarqalmasligi uçun maxsus jamğarma tuzdi. Bu jamğarma "OITS, sil va bezgakka qarşi "Global jamğarma” deb ataladi. Ayniqsa, silning oldini oliş uçun DOTS (şifokor nazorati ostida qisqa muddatli kimyoterapiya bilan davolaniş) strategiyasi jahonda keng qöllanilmoqda.
Jahon soğlikni saqlaş taşkiloti taxminlariga köra, 2015 yilda DOTS dasturining samarali qöllanilişi bois, OIV bilan zararlangan şaxslar tufayli sil köpayişining oldi olinadi.
O.Xalimov,
tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği, tibbiyot fanlari nomzodi.
G. Abdullayeva,
ftiziatriya bölimi mudirasi.
(Foto - http://img.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶