QARĞIŞ
Rözimat aka ertalab xotinining ovozidan uyğonib ketdi. Istar-istamas derazaning pardasini kötarib hovliga qaradi. Xotini Gulnora opaning ovozi tovuqxonadan kelayotganini eşitgan Rözimat aka havotirlanib, tovuqxonaga yugurdi. U yerda Gulnora opa diy-diyo qilib ötirar edi:
– Şörim qurib qoldi, qurib qoldi! 2 ta çipor tovuq yöq. Eşityapsizmi, yöq!
– Nimalar deyapsan? Nega yöq böladi? Qayerga yöqoladi? – dedi Rözimat aka.
– Tuxum olgani kirgandim. Közimga kamdek körindi. Yaxşilab qarasam, 2 tasi yöq, – dedi yiğlamoqdan beri bölib Gulnora opa.
– Keça qamaganingda hammasi bormidi?
– Yöq, keça öğlingiz qamagandi.
– Şodmon! – öğlini çaqirdi Rözimat aka.
– Labbay, dada!
– Keça qamaganingda 2 ta çipor tovuq ham bormidi?
– Bilmasam... eʼtibor bermabman.
Rözimat aka öylanib qoldi. Bir narsa esiga tuşgandek, yugurib çiqib ketdi. Töğri yon qöşnisi Risolat opaning hovlisiga kirdi va baqirdi:
– Risolaaat! Qani, öşa muşuging? Qani deyapman? Öldiraman uni!
Risolat opa qölida xamir yuqi bilan içkaridan çiqib keldi.
– Assalomu alaykum, keling qöşni, tinçlikmi?
– Tinçlikmas, anavi öğri, oçofat muşugingni ber menga, öldiraman uni! Qani u?
– Voy ölmasam! Moş nima qilibdi?
– Tovuqlarimni öğirlabdi öşa Moşing.
– Yöq, Moşning bunaqa odati yöq.
– Öşandan boşqa kim ham qilardi, – deb Rözimat aka hovlini közdan keçirib çiqdi. Hovli çekkasida Moş bolalarini emizib yotardi. Rözimat aka borib muşukning böynidan ğijimlab uşladi. Joni oğrigan muşuk tipirçilay boşladi. Bolalari esa “onamizga tegma” degandek miyovlay boşlaşdi. Risolat opa Rözimat akaning qöliga yopişdi.
– Qöyib yuboring! Nima qilmoqçisiz?
– Kunini körsataman, – dedi özini bosa olmay Rözimat aka.
– Rahmingiz kelsin. Axir bolalari bor-ku! – Ayolning yolvorişlariga qaramay Rözimat aka muşukni olib uyiga ketdi. Eşikdan hovlisiga kirganida iti Olapar yaltoqlik qilib, oyoqlariga surkalgan edi, jerkib berdi:
– Tur-ye! Özi bitta sen kamsan!
Muşuk hamon tipirçilardi. Rözimat aka omborxonaga kirib, örtaça kattalikdagi qopni olib, muşukni soldi. Muşuk miyovlab, battar tipirçilay boşladi. Rözimat akaning közi qonga töldi.
– Mana senga! Mana! – dedi-yu, qopni devorga bir neça marta urdi. Muşuk tinçib qoldi. Xotini Gulnora opaning hay-haylaşiga ham qaramay qopni kötarib çiqib ketdi. U töğri anhorga bordi va qopni suvga irğitib yubordi-da, orqasiga qaramay ketdi. Risolat opa bundan juda qattiq ranjidi.
... Oradan kunlar ötdi. Bir kuni kiçik öğil Şodmon maktabga ketib qaytib kelmadi. Suriştirişsa, öşa kuni maktabga ham bormagan. Butun qişloqni ağdar-töntar qilişdi. Hammadan suriştirildi. Lekin daragi siqmadi.
U endi 3-sinfga qadam qöygandi. Rözimat aka va Gulnora opaning bölari böldi. Törtinçi kun Şodmonning murdasi anhordan topildi. Ota-onasi aqldan ozişdi. Hammani bir savol qiynardi: qanday qilib?!
Aniqlanişiça, öşa kuni Şodmon avtohalokatga uçragan. Uni urib yuborgan haydovçi qörqib ketgan va şifoxonaga olib boriş örniga Şodmonni qopga solgan-u, anhorga taşlagan.
Janozada Gulnora opa Risolat opaning yoqasiga yopişdi.
– Sen! Sen qarğagansan! Sen! Bitta muşuk uçun qarğagansan bizni! Sen öğlimni juvonmarg qilding! Sen sababçisan!
Odamlar ularni zörğa ajratib olişdi. Ularni qarğiş emas, yetim muşukçalarning uvoli tutgan edi.
Olaparning inida esa bir uyum tovuq patlari yotardi...
Iqboloy RAHIMOVA,
1-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶