ŞOH VA ŞOIR, MATONATLI SARKARDA Z.M.BOBUR DAHOSIGA EHTIROM KÖRSATILDI
Fevral oyi xalqimiz, ayniqsa öquvçi-yoşlar uçun biri-biridan ahamiyatli sanalarga boyligi bilan juda fayzli ötadi. Mazkur oyning ilk kunlaridanoq buyuk söz sanʼatkori, milliy tilimizning asosçisi, ğazal mulkining sultoni, yirik davlat va jamoat arbobi Mir Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan adabiy-badiiy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tantanali musiqiy keçalar xotira marosimlari ötkazilib, öquvçi-yoşlar tomonidan taşkillaştirilgan sahna körinişlari barçaga quvonç va şodlik ulaşdi. Şuningdek, şoh va şoir, matonatli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur dahosiga ham ehtirom körsatilib, umumiy örta taʼlim va maktabgaça taʼlim muassasalarida turli tadbirlar ötkazildi.
Bobokalonimiz Bobur ijodiga bağişlab, 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida bölib ötgan Boburxonlik keçasida ham maktabning özbek tili va adabiyoti fani öqituvçilari uning asarlari dunyoning köplab tillariga tarjima qilinib, qayta-qayta naşr etilayotganligini va sevib öqilayotganligini, jahon ahli mutolaa qilayotganligini taʼkidladilar. Uning şoir sifatidagi siymosi özbek mumtoz adabiyotida Hazrat Alişer Navoiydan keyingi eng uluğ siymo ekanligini, keng dunyoqaraşi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qoldirganini, serjilo özbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning maşhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy olganini faxr bilan eʼtirof etdilar. Boburning nafis ğazal va ruboiylari şeʼriyatning eng nodir durdonalari bölib, «Mubayyin», «Xatti Boburiy», «Harb işi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunşunosligi, şeʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bölib qöşilganini ham tilga oldilar.
Öz navbatida 8-sinflar öquvçilari bu uluğ siymoning jahon adabiy muhitida tutgan örni, davlat işlarini olib borişdagi yuksak mahorati haqida söz yuritdilar. Şuningdek, millatimiz faxri bölgan buyuk ajdodimizning oila, farzandlar tarbiyasidagi namunali ibrati, öz asarlari, ayniqsa, tarixiy-memuar janrdagi “Boburnoma” asari orqali dunyo maʼnaviyati hamda tarixiga qöşgan ulkan hissasi haqidagi öz bilimlarini namoyiş etdilar.
Boburning yoşligi, ilm-maʼrifat, davlat işlarini boşqarişdagi betakror qobiliyati, milliy mumtoz adabiyotimizga qöşgan katta hissasini sahna körinişlari orqali namoyiş etişdi. Ayniqsa, “Boburnoma” asaridan tayyorlangan sahna körinişidagi tarixiy lavhalar, Boburning vatanparvarlik ruhidagi, işq-muhabbatni tarannum etuvçi dilbar ğazallari har bir qalbda şoh va şoir, buyuk davlat va jamoat arbobi, matonatli sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga va uning boy adabiy merosiga hurmat hamda ixlos uyğotdi.
“Biz Bobur izdoşlarimiz” deb nomlangan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirni taşkil etişda öquvçi-yoşlar öz ustozlari Komila Xudoyberganova hamda Qunduz Ibodullayevalar rahbarligida Bobur hayoti va ijodi bilan boğliq tarixiy voqealarni puxta örgandilar, asarlaridan parçalar yodladilar. Ğazallar mazmun-mohiyati, şoir asarlarining tili, uslubi böyiça qöşimça dars-maşğulotlarda iştirok etdilar. Natija esa kutilganidan ziyoda böldi.
Tadbir barçada Bobur adabiy merosiga mehr-muhabbat tuyğularini yanada mustahkamladi.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶