“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABI ÖQUVÇILARI TANIQLI ŞOIR VA YoZUVÇILAR BILAN UÇRAŞDILAR
Bir şeʼriyat davrasida Alloh rahmat qilsin, hurmatli ustozim, taniqli adabiyotşunos olim, Özbekiston Qahramoni Ozod Şarofiddinov: “... Şeʼr – ijtimoiy hodisa, uning har bir satri yurakda tuğilib, yurakda ulğayadi va şeʼriyatga oşno millionlab qalblarni tarbiyalaydi, insonlar hayotiga jöşqinlik olib kiradi”, – degan edilar. Haqiqatdan ham, şeʼr öqilgan davralarda ruhiy kötarinkilik, tinglovçilar qalblarida jöşqinlik, közlarida mehr, hayotga taşnalik hissi ustuvor böladi.
Şundanmi, taniqli ijodkor, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon opa Rajabova ham ijodkor-şoira, ham muassasa rahbari sifatida maktabning barça yönalişlardagi tögaraklarida şuğullanayotgan öquvçi-yoşlarning mamlakatimizdagi taniqli ijod ahli bilan uçraşuvlari, davra suhbatlari, biri-biridan jöşqin şeʼriyat keçalarini taşkillaştirişni xuş köradi.
Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid, “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibasi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoira Zulfiya Möminov, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, jöşqin publitsist va şoira Muhtarama Uluğovalar maktab öquvçilari bilan çinakam samimiy va faxriy döstlar kabi qadrdonlaşib ketişganidan ayonki, ijodkorlar bilan uçraşuvlar nafaqat öquvçi-yoşlar, balki pedagogika jamoasi uçun ham haqiqiy maʼnaviyat va maʼrifat maktabidir.
Yoz faslining ilk kunlaridanoq muhtaram Prezidentimiz taşabbusi bilan mamlakatimiz böylab keng quloç yoygan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida boşlanib ketgan maʼnaviy-maʼrifiy va köngiloçar tadbirlar “Barkamol avlod” bolalar maktabi öquvçilari uçun biri-biridan qiziqarli, yorqin taassurotlarga boy tarzda, jöşqinlik bilan davom etmoqda.
Maktab öquvçilarining qöl mehnatlari mahsuli bölgan rang-barang gullar, robototexnika tögaragi aʼzolarining qiziqişlari va iqtidorlarini özida mujassam etgan ixtiroçilik namunalari, biri-biridan yoqimtoy yumşoq öyinçoqlar töplami, haykaltaroşlik va dizaynerlik namunalari bilan bezatilgan maktab foyesidanoq muassasa tahsilini olayotgan bolalar orasida haqiqiy ijodga moyil barkamol avlod voyaga yetayotganini anglaş qiyin emas.
Ijodiy guruhimiz bilan 12-iyun kuni maktabda taşkil etilgan “Biz şeʼriyatga oşnomiz” mavzusidagi uçraşuv jarayonida Amudaryo tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari öquvçilarining yozgi taʼtil kunlari “Barkamol avlod” bolalar maktabi tögaraklarida yanada maroqli ötayotganining guvohi böldik.
Şu kuni maktab öquvçilari bilan Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, taniqli şoir va yozuvçi Tursunboy ota Abdullayev hamda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, şoira Robiya Yöldoşevalar dildan, samimiy muloqotda böldilar.
Uçraşuvni muassasa rahbari Xonimjon Rajabova ham şeʼriy, ham nasriy nutqi bilan juda gözal va yoqimli tarzda olib bordi. U öquvçi yoşlarga ilmning xosiyati, kasbga mehr tufayli inson öz umri davomida erişadigan yutuqlari haqida öz hayot yölidan misollar keltiriş orqali ilm va hunar insonni har tomonlama yuksaltiruvçi omil ekanligini alohida taʼkidladi.
Şundan söng Tursunboy Abdullayev va Robiya Yöldoşevalar öquvçi-yoşlarga özlarining ona Vatanni madh etuvçi yangi şeʼrlaridan öqib berdilar. Ustoz-şogird anʼanasi, özaro mehr-oqibat, insonparvarlik, kitobxonlik odamning eng gözal fazilati ekanligi xususida söz yuritişib, bolalarni ana şunday ezgu fazilatlar sohibi bölişga daʼvat etdilar.
“Biz şeʼriyatga oşnomiz” uçraşuv tadbiri davomida muassasaning “Yoş jurnalist va notiq” tögaragi aʼzolari özlari yozgan şeʼrlaridan namunalar öqib berişdi. “Şöx bolalar” badiiy havaskorlik jamoasi aʼzolarining çiqişlari esa har bir iştirokçi uçun quvnoq va jöşqin kayfiyat bağişladi. Samimiy va dildan suhbat, şeʼr-u şuur, vatanparvarlikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar tadbirga ajib jöşqinlik, qalblarga quvonç bağişladi.
Yozgi taʼtil davrining har bir kunini biri biridan qiziqarli tögaraklar maşğulotlarida iştirok etiş orqali ajib ijodkorlik muhitida iqtidor va qobiliyatlarini amalda namoyon etib, öz hayotlariga maʼno-mazmun bağişlab, şeʼriyatga, maʼnaviyatga oşno holda ötkazayotgan bolalarga, töğrisi, çin dildan havas qildik.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶