OTA DUOSI
Begona joy, begona odamlar,biznikiga unça öxşamaydigan urf-odatlarga örganişim uçun köp qiynalişimga töğri keldi. Bir yoqda yaqinlarim bilan bordi-keldi yöq. Ikkinçi tomondan birin-ketin tuğilgan bolalarim. Öşa kunlarning birida qattiq kasal bölib yotib qoldim. Avvaliga qattiq isitma tutdi. Erim tez yordam çaqirdi. Lekin isitmamni tuşiraolişmay, meni kasalxonaga olib ketişdi. Kasalxonada bir oyça yotib qoldim. Uydagilarga xabar berişga yöl qöymadim. Içimda, esa nuqul "otamning qarğişi urdi. Uzoq joyga turmuşga berişni istamagani bekor emas ekan”, - deyman. Xali oyoqqa turmasdan,butun badanimga pufakçali toşmalar toşib ketdi. Körinmagan şifokorim, olmagan muolajam qolmadi. Endi şifokorlar xar kuni özlari uyimga kelib, tekşirib, turli dorilarni tanamda sinab körişardi. Ayrim xonada xuddi moxovlardek bir özim yotaman. Tovoq-qoşiq, xamma narsam ajratilgan. Bolalarimga yuqib qolişlaridan qörqib, yonimga kiritişmaydigan bölişdi. Bir kuni katta qizim asta eşikdan kirib keldi.
- Ona, sizni soğinyapmiz. Ammo dadam kirişga ruxsat bermayaptilar. Siz tuzalmaydigan kasalga yöliqibsiz.
Qizim şunday deb yiğlab yubordi. Unga qöşilib men xam yiğladim. Şu keça juda köp yiğladim. Yiğlay-yiğlay uxlab qolibman. Tuşimga oppoq soqolli nuroniy bir otaxon kirdi.
- Yiğlama, qizim, - dedi soçlarimni silab.
- Ota, deyman unga -. Hamma joyimni yara-çaqa bosib ketgan. Hatto boşlarimgaça yara. - Mayli qizim, xafa bölma. Ertaga ertalab bozorga bor. Bozor aylan, qizim. Şu dam uyğonib ketdim. Xonam qandaydir yoruğ nurga tölganini sezdim. Bu nur mening yuragimga oqib kira boşladi. Ruhim yengillaşdi. Yuragim hapriqa boşladi. Şu tun tongni betoqat kutdim. Ertalab erim kirib keldi. U mening taşqari çiqişimga aslo ruxsat bermadi. Ustimdan qulflagani eşitildi. Örnimdan turişga urindim. Sal holsiz edim. Tuşim esimga tuşib, boşimni uşladim. Vo ajabo, avvallari suvi çiqib turadigan yaralar örni qotib, qurigan teri uvalanib tuşa boşladi. Közgu oldiga bordim, badanimdagi yaralar rangi sal qoraygandek tuyuldi.
- Qizim, eşikni oç, - deya eşikni qöllarim bilan ura boşladim. Asta eşik oçildi. Eşik oldida qörquvdan közlari katta oçilgan qizim turardi.
- Menga pul ber, men bugun bozor qilib kelaman - dedim.
Uyimiz xar yili yarmarka ötkaziladigan köça böyida joylaşgan edi. Şu kuni hosil bayrami munosabati bilan ötkaziladigan yarmarka oçilganini köçaga çiqqaç bildim. Juda quvonib ketdim. Biroq quvonçim uzoqqa bormadi. Birinçi uçratganim yaqin qöşnim edi. U meni körişi bilan aftidan salomlaşmaslik uçun tez burilib jönab qoldi. Köçaning ikki tarafida dökonlarda kartoşka, sabzi, piyoz, qovun-tarvuz sotilayotgan edi. Ammo yonlariga borişim bilan sotuvçilar menga orqa ögirib olişardi. Bir joyda kartoşkaga qölimni tegizişim bilan sotuvçi ayol: - Hoy, iflos qölingni tort”, deb baqirdi. Sal narida turgan sotuvçi kişi esa menga açindi şekilli:
- Opa, keling, mendan savdo qilaqoling. Faqat xafa bölmang, qölingizni tekkizmang, özim eng yaxşilaridan ölçab beraman - dedi. Pulimni esa olmadi. Uyga qaytayotib birinçi uçragan çöloq tilançi boboga bor pullarimni sadaqa qildim. U meni uzoq duo qildi. Şundagina ikki soatlardan beri bozorda yurganimni, özimni ança yengil sezayotganimni payqadim. Qizim eşik oldida meni kutib turardi. Uyga kirganimda qizim yaralarimning örni qorayib qolganini aytdi. Şu ötgan bir neça oy içida birinçi bor özim yuvinib ustimga toza liboslarimni kiydim. Erim işdan qaytganida men bozordan olib kelgan kartoşkani qovurib stolga qöyayotgan edim. U közlariga işonmay, bir zum serrayib qoldi. Söng otamga mening kasallanganimni aytişdi. Aslida otamni soğingan, uning duoi fotihasini olişni istagan edim.
Zebo RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶