“QUVNOQ STARTLAR” – QUVNOQLIK VA EPÇILLIK BAHSI
Umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida ötkaziladigan sport musobaqalari orasida “Quvnoq startlar” özining qiziqarli bahslarga boyligi bilan keng ommalaşgan sport musobaqalaridan biri hisoblanadi.
Çunki aynan ana şu sport öyinlari orqali bolalar epçillik va sezgirlikka örganibgina qolmay, jismonan şakllanadilar va katta sportga qadam qöyadilar.
Tuman Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumtaʼlim maktablarining 5-6-sinf öquvçilari örtasida har yili anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan “Quvnoq startlar” sport musobaqalarining maktab va hududiy bosqiçlari tumanimizda uyuşqoqlik bilan ötkazildi.
18-yanvar kuni musobaqaning tuman bosqiçi ötkazildi. Unda 30 ta maktab jamoalari orasida bölib ötgan hududiy bosqiç ğoliblari bölgan 36-, 76-, 37-, 35-, 14-, 41-, 18-, 28-sonli umumtaʼlim muassasalari öquvçilari qatnaşişdi.
Musobaqa tumanimizdagi 16-sonli umumtaʼlim muassasasining sport zalida ötkazildi. Unda 112 nafar öquvçilar özaro kuç sinaşdilar. Musobaqaning 56 nafar iştirokçisi qizlardan iborat böldi. Musobaqa qizğin kuraşlar ostida ötdi. “Quvnoq startlar” televizion sport musobaqasining Nizomida belgilanganidek, har bir jamoa 7 nafar öğil va qizlar, jami 14 nafar öquvçilardan iborat böldi. Jamoalar musobaqa şartlari böyiça özaro kuç sinaşib, öz epçilliklari va çaqqonliklarini, abjirliklarini namoyiş etdilar. Öquvçilar biri-biridan ortda qolmaslikka intilib, ğoliblik uçun harakat qildilar. Musobaqa yakunida 1-örinni 76-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoasi, 2-örinni 36-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoasi va 3-örinlarni esa 18- va 28-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilar jamoalari egallaşdi. I-örinni egallagan 76-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçilari jamoasi musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
“Quvnoq startlar” televizion sport musobaqasining tuman bosqiçida ğolib bölgan sportçi öquvçilar Özbekiston “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining tuman hududiy bölinmasi tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
N.Abdullayev, tuman XTB metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶