“QUVNOQ STARTLAR” MUSOBAQASI BARÇAGA QUVNOQLIK BAXŞ ETDI
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim taşabbus ijrosi, mana bir yildirki, yoşlar hayotidan muhim örin egallab kelmoqda. Xususan, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkazişlarini taʼminlaş, sport inşootlaridan samarali foydalangan holda sportga keng jalb etiş, turli sport musobaqalarini taşkil etiş orqali yanada köproq yoş sportçilar kaşf etilib, iqtidorlilar safi kengaymoqda.
Tumanimizda ham 5 ta muhim taşabbusning yoşlar hayotida öz samarasini berişini taʼminlaş maqsadida turli tadbirlar taşkil qilinmoqda. Bu borada amalga oşirilayotgan işlarning butun mazmun-mohiyati soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş orqali ösib kelayotgan yoş avlodni jismonan baquvvat, maʼnan yetuk insonlar sifatida tarbiyalaşdan iboratdir.
Tumanimizdagi 65-sonli umumtaʼlim maktabida 5 ta muhim taşabbus doirasida Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining 2020-yil 13-fevraldagi 47-sonli buyruği asosida “Har bir kunimiz sport bilan!” şiori ostida ötkazilgan “Quvnoq startlar” sport musobaqalari ham yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, ularni sportga jalb qilgan holda böş vaqtlarini mazmunli ötkazişga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Bahor bayramlari arafasida bölib ötgan musobaqalarni maktabning jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Sanjar Örozboyev taşkillaştirdi. Musobaqa uçun maktabning 6-9-sinflar öquvçilari orasidan teng asosda 12 nafar öğil va 12 nafar qiz bolalar saralab olinib, “Şunqorlar” va “Çaqqonlar” jamoalari tuzildi. Jamoalar özaro bölib ötadigan epçillik va kuçlilik bahslariga puxta hozirlik körişdi.
Musobaqaning şaffof ötişini taʼminlaş maqsadida öquvçilarning ota-onalari, “Daryo böyi” mahallasi aholi vakillari tomoşabin sifatida iştirok etişdi. Musobaqa davomida 6 ta şart böyiça özlarining epçilliklarini, zehnli hamda kuçliligini namoyiş etib bellaşgan jamoa aʼzolarining har bir harakatini tomoşabinlar alohida eʼtirof etdilar va olqişlari bilan ruhlantirib turdilar.
Tösiqlarni aylanib ötiş, tösiqlar tagidan tösiqni yiqitmay emaklab ötiş, koptokni yanglişmay manzilga yetkaziş kabi turli xil qiziqarli öyinlarni har ikkala jamoa aʼzolari mahorat bilan bajardilar. Ikkala jamoaning aʼzolari ham bir-biriga samimiy munosabatda bölib, musobaqaning qiziqarli bahslarga boy tarzda ötişi uçun şaroit yaratib bergan ustozlaridan minnatdor bölişdi. Çunki musobaqa ötkazilgan joyda öquvçilar har bir şartni, bemalol bajarişlari uçun sport anjomlarining yetarli bölganligi muhim ahamiyatga ega böldi.
Qizğin bellaşuvlar, bahslar asosida ötgan “Quvnoq startlar” musobaqasi haqiqatdan ham barçaga quvnoqlik bağişladi. Ota-onalar öz farzandlarining epçilliklarini va tirişqoqliklarini, marra sari dadil intilişlarini körib, juda mamnun böldilar.
Musobaqa yakunida har ikkala jamoa aʼzolari maktab maʼmuriyati tomonidan munosib taqdirlandilar.
R.YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶