Işda ham, hayotda ham faol
Hali yangi yil bayrami şodiyonalari nihoyasiga yetmay, Omongul opa yana olam-olam tabriklarga, quvonçlarga belandi. Qişki taʼtilni maroqli ötkazgan öquvçilari öquv yilining yangi çorakligi – ilk dars kuni:
- Tabriklaymiz, ustoz! – deya uni maktab hovlisida kutib olişdi.
- Rahmat, bolalarim! – yuzi quvonçdan yaşnab ketdi opaning.
Öquvçilari davrasida sinfga kirgan Omongul opa öz farzandlariday bölib qolgan öquvçilar bilan birma-bir söraşib çiqqaç, bugungi quvonçining sababkori, 9-sinf öquvçisi Nasiba Otamurodovani "Bilimlar bellaşuvi”ning tuman bosqiçida ğolib bölganligi bilan tabrikladi.
- Nasibaning tumanda faxrli 1-örinni egallab, respublika bosqiçiga yöllanma olgani hammamizning yutuğimiz böldi, - deydi u mamnuniyat bilan.
- Şuni aytadilar-da, "öqigan - özar”, deb.
Omongul Adilboyeva faoliyat yuritayotgan 55-sonli maktabda Nasiba singari bilimga çanqoq öquvçilar talaygina. 8-sinf öquvçisi Şahlo Qozoqboyeva matematika fanidan yuqori natijalarga erişgan bölsa, Sohiba Rajabboyeva informatika fanidan "Bilimlar bellaşuvi”ning tuman bosqiçida faxrli 1-örinni egallab, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldilar.
Omongul opa faxrlanib gapirganiça bor. Maktabda barça fanlar böyiça yetuk mutaxassis fan öqituvçilari darslarni maroqli ötadilar. Ayniqsa, informatika va qoraqalpoq tili va adabiyoti, matematika fanlariga qiziquvçilar köpçilikni taşkil qiladi. Informatika fani öqituvçisi Rustam Rahmatullayevning har bir darsi innovatsion texnologiyalar asosida, qiziqarli savol-javoblar, amaliy va nazariy maşğulotlarning uzviyligi asosida olib boriladi.
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani darslarini Omongul opa Adilboyeva alohida mehr bilan ötayotgani bois, uning öquvçilari qoraqalpoq tilida bemalol gaplaşadilar, qoraqalpoq yozuvçilari ijodiga mansub adabiyotlarni çuqur tuşunadilar.
Omongul opa oilada ham mehribon, pişiq-puxta, tadbirkor ona. Atigi 5 sotix tomorqasida kamida 10 xil mevali daraxtlar östirgan. Dasturxoni öz boğida yetiştirilgan meva-çevalardan fayzli. Har yili opa bahorda bozordan mayda jöjalar sotib olib, parvarişlaydi. Jöjalar kuzga borib har biri 1,5-2 kilo toş bosadigan darajada yetiladi. Qiş böyi xonadonida tuxum va tovuq göşti serob böladi. Oylik maoşdan taşqari tomorqasidan unayotgan göşt, sut, tuxum, meva-çeva farzandlarining vitaminlarga boy ovqatlar tanovul qilib, soğlom ösişini taʼminlayotganidan Omongul opa xursand.
Opa özi yaşaydigan Oybek nomli mahallada jamoatçilik va davlat idoralarining hamkorlikdagi işçi guruhi aʼzosi sifatida yoş oilalar, turmuş qurişga tayyorlanayotgan yoşlar örtasida maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda suhbatlar ötkazib turadi. 55-sonli maktab xotin-qizlar qömitasi raisi sifatidagi faoliyat kölami yanada keng. Voyaga yetmagan qiz bolalar bilan soğlom turmuş tarzini qaror toptirişda yoşlarning tutgan örni, erta turmuş qurişning zarari haqida tuşuntiriş işlari olib boradi. Bu borada unga umr yöldoşi, tajribali şifokor Rözimboy Nurimbetov yaqindan yordam berib, inson salomatligiga oid risolalar, suratli bukletlar bilan taʼminlab turadi.
- Inson eng avvalo soğlom bölişi kerak, - deydi opa. – Har jihatdan soğlom odamning fikri soğlom va teran böladi.
Şu bois, Omongul opa öquvçilarining ham maʼnaviy, ham jismoniy jihatdan kamol topişi uçun erinmay izlanadi. Çunki öqituvçilar teran fikrli, bilimli, mulohazali bölsalar taʼlimda muvaffaqiyatga erişiladi. Soğlom bolani voyaga yetkaziş deganda, eng avvalo uning maʼnaviy va jismoniy barkamolligi nazarda tutiladi. Maʼnan va jismonan yetuk bola fanlarni tez özlaştiradi, dunyoqaraşi keng va qobiliyatli böladi. Omongul opa Adilboyeva öz öquvçilari bilan işlaşişda taʼlim va tarbiyaning ana şunday uzviyligiga alohida eʼtibor beradigan, işlab çarçamaydigan muallima.
Zuhra AHMEDOVA,
55-sonli maktab kutubxonasi mudirasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶