Aziz va qadrli ayyom
Uyğoniş va yaşariş fasli bölgan bahor boşqa fasllardan nimasi bilan ajralib turişini bilasizmi? Albatta, bayramlari bilan. Bahorning dastlabki oyi mart kirib kelişi bilan Xalqaro xotin-qizlar kuni bölmiş 8-mart bayram qilinadi.
Mart oyining örtalariga kelib bahor faslining guli bölmiş Navröz eşik qoqadi. Bu bayram yurtimizning har bir çekkasida, har bir göşasida soğinç-la nişonlanadi.
Navröz - nafaqat yurtimizning, balki Şarq xalqlarining ham bayrami bölib, 21-mart kuni keça va kunduz tenglaşgan kun - yangi yil sifatida qadrlanadi.
Navröz juda qadimiy bayramdir. Navröz haqida köplab allomalarimiz öz asarlarida yozib qoldirganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Umar Hayyomning "Navröznoma”, Abulqosim Firdavsiyning "Şohnoma” asarlarida Navröz va uning paydo böliş tarixi, u bilan boğliq urf-odatlar tasvirlangan.
Mutafakkirlar nazdidaNavröz bayramining paydo bölişi şoh Jamşid humronlik qilgan davr bilan boğliqdir. Abu Rayhon Beruniyning maʼlumotiga köra, Jamşid podşoh bölgaç, maʼjusiylar dinini yangiladi va bu iş qilingan kun – Navröz – Yangi yil deb ataldi.
Demak, Navröz bayrami tört ming yillik tarixga ega va qadimdan tabiat uyğonişi bilan boğliq marosim sifatida bayram qilinadi.
Xalqimizning axloqiy-maʼnaviy qadriyatlari mujassam bölgan, ezgu niyatlar bilan tantana qilinadigan baxt va bahor bayrami Navröz qança-qança zamon böronlaridan omon ötdi. Masalan, Örta Osiyo xalqlarining milliy qiyofasini yöq qilib, ularni yagona, sunʼiy "Sovet xalqi” degan nom ostida birlaştirmoqçi bölgan sobiq şöro tuzumi mana şu qadimiy bayramga ham qattiq hujum qilib körgan. Ötgan asarning 80-yillarida özining tanazzul pallasiga kirgan kommunistlar partiyasi Navrözni yomonotliq qilib, uni xalq yodidan çiqariş harakatiga tuşdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xalqqa va uning maʼnaviyatiga qarşi qaratilgan bu xurujlarga dadil qarşi çiqib, Navrözni umumxalq bayrami sifatida keng nişonlaş lozimligini qatʼiy aytganidan keyin bu köhna bayramning ikkinçi umri boşlandi.
Demak, biz şuni aytişimiz mumkinki, yurakka, qalbga singgan his-tuyğularni heç nima tortib ololmaydi, ayniqsa, Navrözga bölgan tuyğuni.
Navrözga bölgan tuyğular köp, şu bilan bir qatorda nişonlaşning öziga xos tomonlari mavjud bölib, ular davrlar ötişi bilan şaklan va mazmunan boyib, takomillaşib kelmoqda.
Masalan, qadimdan Navröz munosabati bilan mamlakatlararo uruşlar töxtatilgan, uruşayotgan davlatlar sulh tuzgan. Oilalar va odamlar örtasidagi gina-kuduratlar bir çetga surilib, ota-ona, qarindoş-uruğlar, keksalar, betoblar sovğa-salom bilan yöqlangan. Şu kuni ohorli kiyimlar kiyilgan, turli-tuman Navröz taomlari tayyorlangan, hamma yoq supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda sayillar, ayniqsa, sumalak sayillari taşkil etilgan.
Sumalak yaxşi niyatlar bilan har bir oilaga taqsimlanadi. Undan taşqari, bemorlar, nogironlar, yolğiz qariyalar sumalak bilan yöqlanadi.
Şuningdek, bu bayramda xalq oğzaki ijodiyoti namunalarini, yaʼni maqol, lapar, şeʼr, matal, latifa, ertak, aytiş böyiça tanlov musobaqalari uyuştiriladi. Yana şuni ham aytiş lozimki, Navröz bayramlarida har xil öyinlar, jumladan dorbozlar bellaşuvi, polvonlarning çöqqiga çiqiş maşqlari ham yöq emas. Xalqimizda köp tarqalgan bellaşuvlardan biri bu varrak uçirişdir. Unda xohlagan inson bellaşişi mumkin.
Bu bayramning sevimliligi şundaki, Navrözda dehqonlar yerga uruğ soçadilar, yangi dehqonçilik yili boşlanadi.
Mustaqillikdan söng Navröz bayramini xalqimiz bilan birga çet ellik mehmonlar ham sevib nişonlaydigan bölişdi. Bu umumxalq bayrami barça uçun aziz va qadrli ayyomga aylandi.
Şahnoza BOLTABOYeVA,
26-sonli maktabning 8bsinf öquvçisi.
"Eng yaxşi inşo" tanlovi ğolibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶