“YaXŞILIKLAR OLAMI” – YoŞ TOMOŞABINLARGA MANZUR BÖLMOQDA
Qiliçboy madaniyat markazi xodimlari aholining madaniy dam olişlari, böş vaqtlarini köngilli ötkazişlari uçun köpgina tadbirlar taşkil qilişib, tomoşabinlar eʼtiboriga havol etişayapti. Markazda uçta tögarak – aşula, drama va doira tögaraklari taşkil qilingan bölib, ovulning sanʼatsevar yoşlarini qamrab olgan. Tögaraklarga Öktam Bozorboyev, Mirsaid Qodirov va Doniyorbek Bobojonovlar rahbarlik qilişadi.
Yaqinda Mirsaid Qodirov yana bir ezgu işga qöl urdi. Iqtidorli va sanʼatsevar yoşlarni jamlab, “Yoş tomoşabinlar teatr jamoasi” taşkil etdi va ulkan rejalar bilan ijodiy işlarni boşlab yubordi.
Muhtaram Yurtboşimizning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş va böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş borasida belgilab bergan beşta taşabbusi ijrosini taʼminlaş maqsadida jamoa tarbiyaviy ahamiyatga ega bölgan özbek xalq ertaklari asosida “Yaxşiliklar olami” deb nomlangan tomoşa sahnalaştirişdi.
Asosan kiçkintoy bolajonlarga möljallangan tomoşa şu kungaça tumanimizning 12 ta maktabgaça taʼlim taşkilotlarida namoyiş etildi va tomoşabinlarga juda manzur böldi.
Tomoşalarda bolajonlar “Yoş tomoşabinlar teatr jamoasi” aʼzolari Qadamboy Matsafoyev ijro etgan yalmoğiz, Diyorbek Xudoyberganov ijrosidagi masxaraboz, Oğabek Örozmatov ijrosidagi qaroqçi, Damir Şuhratov ijrosidagi quyonça, Ölmasbek Xudoyberganov ijrosidagi arslon obrozlari orqali gavdalantirilgan yaxşilikning yovuzlik ustidan ğalaba qozonişini, buning uçun mardlik va olijanoblik kerakligini çuqur anglab yetdilar.
Tomoşaning “Yaxşiliklar olami” deb nomlanişi ham ramziy maʼnoga ega.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlarida namoyiş etilgan bu tomoşaning iliq kutib olingani ijodkorlarni yangi-yangi ijodiy işlarga ruhlantirmoqda.
Qiliçboy Madaniyat markazida yaqinlaşib kelayotgan yangi yil bayramiga bağişlab tayyorlanayotgan ulkan musiqali dasturda ham “Yoş tomoşabinlar teatr jamoasi” çiqişlari joy olgan. Ilk mehnati mevasi - “Yaxşiliklar olami” tomoşasi kiçkintoylargagina emas, ularning ota-onalariga ham manzur bölayotgani jamoa aʼzolarini yangi-yangi ijodiy işlarga ruhlantirmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶