Farovon mahallasi yoşlar yetakçisi mahalla yoşlariga tayanç bölmoqda
Mamlakatimizda mahalla institutini yanada takomillaştirişga qaratilgan islohotlar natijasida mahalla yoşlari yetakçisi lavozimining joriy etilişi yoşlar hayotiga oid köplab muammolarni ijobiy hal etişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, ularning bandligini taʼminlaş va böş vaqtlarini mazmunli ötkazişda yoşlar yetakçilari tomonidan amalga oşirilayotgan keng qamrovli işlar yoşlarning ijtimoiy faolligini oşirib, hayotda öz örinlarini topişlariga imkoniyat yaratmoqda.
Manğit şahrining “Farovon” mahalla fuqarolar yiğini, garçi yaqin yillarda yangi aholi maskanlari hisobiga taşkil etilgan bölsa-da, infratuzilmasi jadal rivojlanib borayotgan, haqiqatan ham nomiga munosib obod va farovon mahallalardan biri hisoblanadi. Bugun mahalladagi 642 ta xonadon tarkibidagi 710 ta oilada 2534 nafar aholi istiqomat qiladi. Ulardan 1551 nafaridan ziyodi – 30 yoşgaça bölgan yoşlar, şundan 891 nafari 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan intiluvçan va izlanuvçan yigit-qizlardir. Şundan kelib çiqib aytiş mumkinki, mahalla yoşlar yetakçisining faoliyat kölami, uning yon daftarida qayd etilgan kundalik iş rejalari salmoği ham ança keng qamrovli.
Bugungi kunda mahalla yoşlarining 48 nafari davlat sektorida, 85 nafari xususiy sektorda faoliyat olib borişadi. 171 nafar yoşlar özini-özi band qiliş tamoyili asosida şaxsiy daromad manbaiga ega. 191 nafar yoş oliy taʼlim muassasalarida, 28 nafari esa professional taʼlim muassasalarida tahsil oladi. Şuningdek, mahalladagi umumtaʼlim maktablarida 167 nafar öquvçi-yoş taʼlim olayotgan bölsa, mehnat muhojirligidan qaytgan 19 nafar yoşlarning ham turmuş tarzi va böş vaqtlarini mazmunli ötkazişi yetakçining doimiy eʼtiborida.
2025-yilning ilk kunlaridanoq işsiz yoşlarni band qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar tufayli 6 nafar yoşlarga hokim yordamçisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit ajratilib, çorvaçilik yönalişida özini-özi band qiliş imkoniyati yaratildi. Yana 4 nafar talaba-yoşning şartnoma tölovlari “Yoşlar daftari jamğarmasi” hisobidan qoplab berildi. Şuningdek, 3 nafar yoşning zamonaviy kasb-hunar böyiça öquv kurslari xarajatlari ham qoplandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş va bandligini taʼminlaşga qaratilgan Farmon va qarorlari asosida mahalla yoşlaridan Asadbek Yalğoşevga temirçilik mahsulotlarini uy şaroitida tayyorlaş, Bonu Tojimovaga esa ayollar sartaroşligi, manikyur va pedikyur xizmatlari böyiça tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş uçun 7 yillik imtiyozli kredit ajratilib, ularning doimiy bandligi taʼminlandi.
Şu bilan birga, mehnat muhojirligidan qaytgan yoşlarning muammolarini örganiş va hal etiş maqsadida maxsus dasturlar işlab çiqilib, joylarga çiqib suhbatlar ötkazilmoqda. Yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ularni milliy-maʼnaviy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik va axborot texnologiyalari sohalariga jalb etiş maqsadida taniqli yozuvçi va şoirlar, olimlar bilan uçraşuvlar, davra suhbatlari, kitobxonlik keçalari va sport musobaqalari taşkil etilmoqda. Bu esa yoşlarning ijtimoiy faolligini oşirib, özlariga va kelajakka bölgan işonçini yanada mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Xususan, “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar orqali mahalladagi 14 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar özlarining qiziqiş va intilişlarini, iqtidorlarini amalda namoyon etişayotgani eʼtiborga munosib. Natijada Farovon mahallasi yoşlari orasidan tumanimiz sport sohasini rivojlantirişga munosib hissa qöşadigan köplab sportçi-yoşlar yetişib çiqmoqda. Ularning saʼy-harakatlari bilan yaqinda tumandagi ovul va mahallalar yoş spotçilari iştirokida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uçun ötkazilgan mini futbol musobaqalarida Farovon mahallasi mini futbol jamoasi tumanda faxrli 1-örinni egallab, mazkur musobaqaning Respublika bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar.
Mahalla yoşlar yetakçisining yoşlar qalbiga yöl topiş, şu orqali mavjud muammolar yeçimini birgalikda izlaş va öz vaqtida bartaraf etiş, yoşlarning turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş böyiça zarur çora-tadbirlar belgilaş kabi amaliy işlari nafaqat yoşlar hayotini ijobiy tomonga özgartiradi, balki mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotini ham yangi bosqiçga kötarişga xizmat qiladi.
Farovon mahallasi yoşlar yetakçisi Şohrux Rözmatovning har bir iş kuni mamlakatimiz hayotiga daxldor ana şunday intilişlar bilan, işçanlik ruhida ötadi. Uning el-yurt farovonligi yölidagi bu saʼy-harakatlari mahalla yoşlari kamolotida öz ifodasini topmoqda.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶