Şohjahon Mamatsoliyev: Özbekiston şaxmat olamida amudaryolik yangi yulduz
Har bir inson bu dunyoda öz yöli va maqsadi bilan yaşaydi. Kimdir ilm-fanda kaşfiyotlar qiladi, kimdir sanʼat dunyosida betakror asar yaratadi, yana kimdir sportda yuksak ğalabalarga erişadi. Qahramonimiz – umidli yoş şaxmatçi Şohjahon Mamatsoliyev ham ana şunday iqtidorli sportçilardan biri.
Şaxmat – bu intellektual sanʼat, strategik fikrlaş va tezkor qaror qabul qiliş maydonidir. Şaxmat taxtasida aql-zakovat, aniq hisob-kitob va mukammal tahlil ustunlik qiladi. Bolalikdan şaxmatga qiziqqan insonlar hayotda ham bir neça qadam oldinda bölişadi.
Şohjahon 2011-yilning 9 oktyabr kuni Amudaryo tumanida tuğilgan. Quş uyasida körganini qiladi, deganlaridek undagi sportga bölgan mehr ota-onasining tarbiyasi va oila muhitida şakllandi. Otasi Islombek Abdullayev “Amudaryotex” MÇJ xorijiy korxonasida kadrlar bölimi boşliği bölib işlaydi, onasi Gulnoza Madaminova esa uy bekasi. Oilada şaxmatga bölgan qiziqiş yuqori bölib, Abdullayevlar xonadoni “Oilaviy sportçi musobaqasi”da qatnaşib, mamlakat miqyosida 1-örinni qölga kiritişgan.
Şohjahon 5 yoşida bobosi Mamatsoliy Abdullayevdan şaxmat bilimlarini örgana boşlaydi. 2017-yildan esa murabbiy Rahmatjon Rahimov qöl ostida Amudaryo sport maktabida professional maşğulotlarga kirişdi. Yoş sportçining mehnatsevarligi öz samarasini berib, tez orada turli musobaqalarda sovrinli örinlarni qölga kiritdi.
Şohjahon hozirda tumanimizdagi 40-sonli maktabning 7-sinf öquvçisi. U taʼlimda ham özini namoyon etmoqda. Ayniqsa, matematika va ingliz tili fanlariga qiziqişi yuqori. Uning raqamlar, hisob-kitob va strategiyaga bölgan qiziqişi şaxmatga bölgan mehri bilan çambarças boğliq.
Qahramonimiz 2022-yilda Özbekiston çempionatida öz yoş toifasida 3-örinni egalladi, şuningdek, Qoraqalpoğiston çempioni maqomiga bir neça bor sazovor böldi. Bu ğalabalar unga yangi imkon eşiklarini oçdi.
2023-yilda Birlaşgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabida 14 yoşgaça bölgan öğil bolalar örtasida ötkazilgan Osiyo çempionatida kuçli önlikdan joy olib, 6-örinni qölga kiritdi. Natijada xalqaro şaxmat arenasida ham öz örniga ega ekanini körsatdi.
Joriy yilning 13-20-yanvar kunlari 14-15 yoşli şaxmatçilar örtasida Andijon viloyatida ötkazilgan Özbekiston çempionatida şaxmatning blits turida 1-örinni egallab, mamlakat miqyosida yetakçi yoş şaxmatçilardan biriga aylandi va sport ustaligiga nomzod körsatkiçini qayd etdi.
Şohjahon öz uslubida mustahkam himoya va hujumkorlikni uyğunlaştirgan. Öyin vaqtida raqiblarining xatolarini kutiş va ulardan ustamonlik bilan foydalanişning uddasidan çiqadi. Sevimli şaxmat figurasi – harakatçan va strategik imkoniyatlar yaratuvçi qöşinboşi farzin sanaladi.
Şohjahon murabbiyi Azimjon Rahimov bilan 20-fevral – 3-mart kunlari Buxoro şahrida bölib ötgan Özbekiston çempionatida ham muvaffaqiyatli iştirok etib, kuçli önlikdan joy oldi.
Qahramonimiz maşhur grossmeysterlar – Nodirbek Abdusattorov va Magnus Karlsenlarning partiyalarini tahlil qilib, ularning uslublarini örganişga harakat qiladi.
Şohjahon Mamatsoliyev – tirişqoqligi, intizomi va şaxmatga bölgan iştiyoqi bilan yuqori marralarni zabt etyapti. Kelgusida u xalqaro grossmeyster maqomini qölga kiritişni va yurtimiz bayroğini jahon şaxmat musobaqalarida baland kötarişni niyat qilgan. Şubhasiz, bugungi şijoati va mehnati maqsadlarini amalga oşirişda mustahkam poydevor bölib xizmat qiladi.
Şohjahonga kelgusi musobaqalarda ham katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶