“Sogʻlom oila jamiyatning mustahkam poydevoridir”
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018yil 18-dekabrdagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklarning profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ 4063-sonli Qarori ijrosini taʼminlash, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va keng targʻib qilish hamda SSVning koʻrsatma xatlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2019-yil 7-dekabr shanba kuni ertalab “ Sogʻlom oila jamiyatning mustahkam poydevoridir” shiori asosida jismoniy faollik boʻyicha Tibbiyot birlashma maydonchasida gimnastrada va faol yurish tashkillashtirildi.
Unda tibbiyot xodimlaridan nevrologiya, tez tibbiy yordam, ShTYo, bolalar reanimatsiyasi boʻlimlari xodimlari faol ishtirok etishdi. Konstitutsiyamizning 27-yillik bayramiga bagʻishlab 30-maktab sport zalida tuman Tibbiyot birlashmasi boʻlimlari xodimlari oʻrtasida stol tennisi, basketbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.
Musabaqada faxrli oʻrinni egallagan boʻlim va tibbiyot xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan esdalik va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Xalqimizda shunday bir xikmatli soʻz bor, “Pul yoʻqotsang, hali hech narsa yoʻqotmabsan, vaqt yoʻqotsang ham kam narsa yoʻqotganing, ammo sogʻliqni yoʻqotsang, hamma narsani yoʻqotganing”. Sogʻliqni yoʻqotgandan keyin izlashdan koʻra, uni yoʻqotmasdan oldin asrash bir muncha oson va arzon. Buning uchun sport bilan muntazam shugʻullanish lozimligini unutmaslik kerak.
J. YaVQAShEV, tuman Tibbiyot birlashmasi ASTTQQ va JFO markazi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶