Din-u diyonatda adaşmang
Bugungi tezkor özgarişlar davridagi eng murakkab muammo bu - ğoyaviy va mafkuraviy tahdidlar hisoblanadi. Haqiqatan ham, bugun jahon siyosiy jarayonlaridagi asosiy taʼsir mafkuraviy xurujlar orqali amalga oşirilmoqda.
Ana şu xatarli kuçlar yoşlarimiz ongi va qalbini egallaş uçun astoydil urinyapti. Ular ayrim yoşlarning soddadilligi, eʼtiqodi sustligidan foydalanib, ularga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiş kabi bahonalar bilan öz tuzoqlariga ilintirişga harakat qilişyapti.
Payğambarimiz (s.a.v): - «Jonim qölida bölgan Zotga qasamki, yo yaxşilikka buyurasiz va yomonlikdan qaytarasiz yoki bölmasa, Alloh taolo ustingizga bir baloni yuboradiki, undan keyin qança duo qilsangiz-da duoingiz qabul bölmaydi» - deb odamlarni amri maʼruf va naxiy munkar qilmaslikning oqibati qançalik yomon bölişligidan ogohlantirganlar. Demak, xalq orasida yaxşiliklarni yoyiş, yomonliklarning oldini olişga ğayrat qiliş lozim böladi. Aksinça, heç kimning birov bilan işi bölmasa, har kim özi bilan özi ovora bölsa, xalqning farovonligi, tinçlikning barqarorligi uçun öz hissasini qöşmasa, bunday holda Alloh taolo ham bandalaridan yuz ögiradi, ularning talablariga javob bermaydi.
Firqabozlik dinga putur yetkazadigan, jamiyat barqarorligiga raxna soladigan eng oğir jinoyat bölgani uçun Alloh taolo Qurʼoni karimda:- «Hammangiz Allohning arkoni (Qurʼon)ni mahkam tuting va firqalarga bölinmang» -deb buyurgan.
Maʼlumki, Alloh taolo Qurʼoni karim-da, Payğambarimiz (s.a.v) hadislarida biz musulmonlarni birlikka çaqirib, firqalarga bölinişdan qaytarganlar. Turli guruh yoki jamoalar taşkil qilib, şu guruh yoki jamoani boşqa musulmonlardan afzal bilib, tutgan yöli bilan kibrlanib yuriş, faqat şu guruhning yöli töğri, deyiş ayni mutaassiblikdir. Islom niqobi ostida çiqayotgan firqalarning maqsadi islomning nomini bulğaş, yoşlarni şu firqalarga kirgizib, yöldan urişdir.
Payğambarimiz (s.a.v): «Mening ummatim 73 firqaga bölinib ketadi. Ularning hammasi dözaxi böladi, faqat bir toifagina jannati böladi»,- deganlar. Bundan 60-yil avval paydo bölgan, xalifalik quriş daʼvosi bilan çiqgan Hizbut-tahrir nomli firqa ham öşa 72 adaşgan firqalardan biri bölib, islomni buziş, musulmonlarni bir-biriga qarşi qilib qöyiş uçun maxsus öylab çiqarilgan partiyadir. Hizbut-tahrirning daʼvatlariga yaxşilab nazar taşlansa, islom diniga yot narsalar ekanligi maʼlum böladi. Ular Qurʼon va hadisdan dalillar keltiradilar, lekin öz foydalari uçun, yaʼni, umuman Qurʼon va hadis dalolat qilmaydigan maʼnolarda tuşuntirmoqçi böladilar.
Adaşgan firqalardan yana biri Akromiylar bölib, Farğona vodiysida, aniqroği, Andijon viloyatida vujudga kelgan. Uning boşqa firqalardan farqi hozirgi kunda musulmonlarga namoz ham, röza, zakot, haj ham farz emas, degan eʼtiqod va daʼvoni oldinga suradi. Ular buni izohlab: Muhammad (s.a.v) to Madinaga hijrat qilgunlariga qadar Makkada 13-yil davomida kişilarni faqat Alloh va oxiratga imon keltirişga daʼvat qilganlar. Namoz, röza, zakot, haj kabi ibodatlar esa Madina davrida, yaʼni islom rivojlangandan söng farz bölgan, - deydilar. Şu nuqtai nazardan, bu toifa to islom davlati qurilmagunça mazkur ibodatlarni bajariş şart emas, deb hisoblaydi. Holbuki şariatning inson şaxsiga boğliq bölgan farz amallari zamon va makondan qatʼi nazar heç qaçon amaldan töxtaşi mumkin emas.
Sönggi yillarda «salaf solihlarga ergaşiş» şiorini niqob qilib olgan, musulmon jamiyatlarini ilk islom davri holatiga qaytarişni tarğib qiluvçi mutaassib, soxta salafiylar paydo bölganini alohida qayd etiş lozim. Maʼlumki, «Ahli Sunna val Jamoa» eʼtiqodiga köra islom arkonlari beşta: imon, namoz, röza, zakot va haj. Soxta salafiylik esa, «jihod - oltinçi arkon va jihod qiliş har bir musulmon uçun farzi ayndir», degan ğoyani ilgari suradi. Salafiylar qanday ğoya ostida harakat qilmasin, buzğunçi mohiyati özgarmay qolmoqda. Ularning har qanday yangilikni bidʼat hisoblaşlarida, anʼanaviy mazhablarning inkor qilinişida, tasavvufning umuman tan olinmasligida hamda qabristonlarni ziyorat qiliş mumkin emas, deb eʼtirof etişlarida ham salafiylikning buzğunçi tabiati yorqin namoyon böladi.
Ming afsuslar bölsinki, hozirgi kunda islom dinini özlariga niqob qilib olgan bir guruh manfur kimsalar va Markaziy Osiyo mintaqasida faoliyati kuzatilayotgan Hizbut-tahrir, Akromiylar, Nurçilar, Tabliğçilar, va Jihodçilar kabi diniy-ekstremistik guruhlar aholisining köpçiligi musulmon bölgan mamlakatimizda garçi islomning asosiy beş arkoni bajarilib turgan bölsa-da, musulmonobod yurtimizni dorul-harb, yaʼni, kofiriston deb eʼlon qilib, jamiyat örtasida buzğunçilik, ummat orasida nizo çiqarişga urinmoqdalar. Davlat siyosiy boşqaruviga aralaşiş, diniy ulamolarning joniga qasd qiliş hollari ham uçrab turibdi. Ularning iddaolari böyiça hamma faqat islom şariatiga tayanişi kerak, Konstitutsion qonun-qoidalarga amal qilişni kufr deb atab, özlarini islom dini va musulmonlarni himoya qiluvçi xaloskor firqa deb eʼlon qilib, odamlarni jangovar kayfiyatga undamoqdalar. Eng açinarlisi şundaki, bu oqimlar hali ongi şakllanib ulgurmagan tajribasiz, ğör yoşlarni öz tuzoğiga ilintirib, ulardan özlarining ğarazli maqsadlari yölida foydalanmoqdalar.
Xalqimiz bunday şaroitda har qaçongidan ham huşyor va ogoh bölişi, döst-u duşmanni ajratişi, ğanimlar fitnasiga uçmasligi, yovuz kuçlar qölida qöğirçoq bölmasligi zarur. Çunki har bir fasod iş ortida razil maqsadlar, manfaatdor kimsalar turganini bir lahza ham unutişga haqqimiz yöq.
Şu bois, barçani huşyorlikka, har qanday yot ğoya va fikrlarga befarq bölmaslikka, mustaqil ona-diyorimiz xalqiga, uning tinç turmuşi va farovonligiga tahdid soladigan turli xavflardan ogoh bölişga çaqirişimiz kerak.
A.MatsaFoyev,
"Yusuf eşon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶