Sogʻlom hayotga qadam tashla!
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 18-dekabrdagi “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 4063-sonli qarori xalqimiz orasida sogʻlom turmush tarzini joriy etishga muhim asos boʻldi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, keyingi 10-yillikda ortiqcha tana vazni va semizlik muammosi butun dunyoda kuchayib bormoqda.
2015-yilda yuqumli boʻlmagan kasalliklar 40 mln. aholining umriga zavol boʻlgan. Bu esa dunyo boʻyicha barcha oʻlim holatlarining 70 foizini tashkil qiladi. Oʻzbekiston Pespublikasida har yili barcha oʻlim holatlarining 78 foizi yuqumli boʻlmagan kasalliklar tufayli yuz bermoqda.

2017-yil jinsi va yoshi boʻyicha standartlashtirilgan oʻlim sabablari umumiy tuzilmasida 1-oʻrinni qon aylanish tizimi kasalliklari, jumladan yurak ishemik kasalligi, arterial gipertoniya va uning asoratlari, keyin esa xavfli oʻsmalar, qandli diabet, nafas olish aʼzolarining surunkali kasalliklari joy oldi.
2014-2015-yillarda Oʻzbekiston Pespublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bilan birgalikda Pespublikaning 18-64 yoshdagi aholisi orasida oʻtkazilgan tadqiqotlari natijasida, har kuni aholining uchdan ikki qismi sabzavot va mevalarni yetarli miqdorda isteʼmol qilmasligi, aholining yarmi ortiqcha vaznga egaligi, 46 foizining qonida xolesterin miqdori koʻpligi, erkaklarning 42 foizi va ayollarning 1,5 foizi tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilishi, aholining deyarli uchdan bir qismida arterial qon bosimi yuqoriligi, aholining bir kunda isteʼmol qilayotgan tuz miqdori Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti tavsiya etgan koʻrsatkichdan 3 barobar ortiq ekanligi aniqlangan.

Yuqoridagi koʻrsatkichlarni inobatga olib, tuman Tibbiyot birlashmasida aholining Yuqumli boʻlmagan kasalliklardan vafot etish koʻrsatkichlarini kamaytirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida “Yuqumli boʻlmagan kasalliklar profilaktikasi, sogʻlom turmush tarzini qoʻllab quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish markazi”ning tuman boʻlimi tashkil qilindi.
Hozirgi kunda boʻlim tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan: har seshanba va payshanba kunlari Mangʻit dehqon bozori hududida, muassasa va tashkilotlarda “Salomatlik maydonchalari”, MTM va maktablarda “Salomatlik darslari” tashkil qilinib, antropometrik oʻlchovlar, savolnoma va maxsus tekshiruvlar asosida noinfektsion kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari aniqlanib, tezkor maslahatlar, yoʻl-yoʻriqlar, chorshanba kuni “Biz tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz” mavzusida zararli odatlarning oldini olish, juma kuni umumiy talim maktablari, mahallalarda sogʻlom ovqatlanish toʻgʻrisida suhbatlar va yarmarkalar, har shanba kuni birlashma, QOP,QVP maydonchalarida, Markaziy oʻyingohda xodimlar va uyushmagan aholi ishtirokida faol yurish va gimnastrada, velosayr tadbirlari, sport musoboqalari oʻtkazilmoqda.

Barcha tadbirlar tuman Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi xodimlari bilan birgalikda oʻtkazilib, bu tadbirlarga uyushmagan aholi jalb qilinmoqda.
Buningdek chora-tadbirlarimiz orqali har bir inson oʻzining, oilasining va yaqinlarining salomatligi uchun maʼsul ekanligini aholiga chuqur singdirish, sogʻlom turmush kechirishiga erishishdir.
J.YaVKAShEV,
tuman Salomatlik markazi shifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶