Mahallam - iftixorim
Odamzot yaralganidan beri to hozirgaça guruh bölib yaşab keladi. Zamonlar oşa şakllangan ijtimoiy guruhlar birlaşib, davlatlar paydo böldi. Söng davlatlar hududidagi keng birlik - mahalla paydo böldi. Biz bilamizki, davlatning eng muhim va eng kiçik birligi – bu oiladir. Oila – bu jamiyat. Mahalla esa davlatning yuzi hisoblanadi. Yoşlarning töğri kamol topişi, oilalardagi hamjihatlik, tinç-totuv va osoyiştaligi köp jihatdan mahallalarning faoliyatiga boğliq. Bizning "Çordara” mahallamiz 1998 yilda taşkil topgan bölib, Manğit şahrining eng körkam mahallalaridan biri hisoblanadi. Men özim yaşayotgan mahalla bilan hamişa faxrlanaman. Mahallamizda 5 ta sektor – taʼlim-tarbiya, salomatlik, oilaga kiriş, jinoyatçilik profilaktikasi va bandlik sektorlari iş olib boradi.
Sektorlarga yuklatilgan vazifalarni bajariş esa Jumamurod Yerimbetov, Feruza Jumamurodova, Tursunboy Serikboyev, Ilhom Abutov, Kamar Saidova kabi mahalla faollarining zimmasida. Joriy yil muhtaram Yurtboşimiz tomonidan "Soğlom bola yili” deb eʼlon qilindi. "Çordara” mahallasida esa yil munosabati bilan bir qança tadbirlar ötkazildi. Bulardan eng ahamiyatlisi mahalla maslahatçisi Feruza opa Olloberganova tomonidan har haftaning çorşanba kunida ötkazilayotgan "Orasta qizlar” tögaragi tadbirlaridir.
- Biz yaqinda uşbu tögarakni taşkil etdik, - deydi MFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi Feruza opa. - Tögarakda asosan yoş qizlarimizni oilaviy hayotga tayyorlaş, erta turmuş qurişning oldini oliş borasida yoşlar örtasida tibbiy va maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar olib borayapmiz.
- Bu yil Prezidentimiz tomonidan "Soğlom bola yili” deb eʼlon qilindi, - deydi MFY raisi T.Serikboyev. – Biz esa eng birinçi navbatda soğlom bola dunyoga kelişi uçun harakat qilişimiz kerak. Soğlom bola esa soğlom ota va soğlom onadan dunyoga keladi. Mana, saʼy-harakatlarimiz tufayli yaqinda mahallamizda erta uzatilayotgan qizning töyi qoldirildi. Bu ham bizning yutuq. Yana erta turmuşning oldini oliş uçun ota-onalar bilan ham alohida suhbatlar ötkazilmoqda.
MFY raisining sözlarini tinglar ekanman, mahallada olib borilayotgan işlarning neçoğlik ahamiyatga ega ekanligiga yana bir bor amin böldim. Mahallada maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot qança kuçli bölsa, şu elning öğil-qizlari barkamol avlod bölib voyaga yetadi. Barkamol farzandlar esa millat tayançi. Ularning ota-onasi, tarbiyaçisi, ustozi va döst-u yori esa mahalladir.
Siroj OLIMOV,
Manğit qişloq xöjalik kasb-hunar kolleji talabasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶