Bir kelib keting mahallamizga...
Bu mahallada qaçon qarasang quriliş, yangilaniş, bunyodkorlik, odamlari işning közini biladigan, tinib-tinçimas va şu bilan birgalikda sodda va samimiy! Köçalarini kezsang haqiqiy özbek mahallasidagi fayzni his etasan... Ha, bu taʼriflar Manğit şahriga kiraverişda joylaşgan Gulzor MFYga tegişli. Odatda, qaysidir hududga taşrif buyurganimizda öşa hududga kiraverişdagi ovul yoki mahalla eʼtiborimizni köproq tortadi. Yani ular hududning moddiy va maʼnaviy hayotidan hikoya qilganday böladi, odamda ilk taassurot uyğotadi. Şuni hisobga oladigan bölsak, Manğitimizga taşrif buyurgan mehmonning könglidan Gulzor MFY yonidan ötayotib, şahrimiz haqida ijobiy taassurotlar keçsa ajab emas.
Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar kelajak poydevori” nomli grant loyihasi esa bizni uşbu MFY faoliyati bilan yaqindan tanişişga çorladi.
Gulzor MFYda 858 ta xonadon mavjud, şuningdek, uşbu xonadonlarda 1062 ta oila va ularda 4085 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaga Bahrom Yuldaşov raislik qiladi. Çindanda, yurt dardi bilan yaşaydigan, çinakam fidoyi insongina mahalla raisi bölişga loyiq. Bu inson ham öz hayotini, dard-u, taşvişlarini özi rahbarlik qilayotgan mahalla bilan boğlagan. Har kuni uning oldiga turli xil murojaat va takliflar bilan yoki mahalladan kömak sörab kelayotgan fuqarolarning muammolarini tinglaş, joyida hal etiş uning boş maqsadi.
Mahallaning rivojlanişida, aholisining iş bilan taʼminlanganlik darajasining ösişida albatta mahalladagi hokim yordamçilarining örni alohida. Gulzor MFY hokim yordamçisi Akbarjon Rajapov ham mahallada tadbirkorlarning safi kengayişida hormay, tolmay mehnat qilib kelmoqda. Tadbirkorlik qiliş istagida oldiga kelgan har bir fuqaro bilan samimiy munosabatda bölib, uning tadbirkorlik böyiça birorta taklif yoki murojaatini eʼtibordan çetda qoldirmaydi. Kredit olişda, öz biznesini yaratişda astoydil harakat qiladi.
Mahallaning asosiy ösiş drayveri aholiga savdo va xizmat körsatiş bölib, hozirgi kunda mahallada 60 dan ortiq savdo va xizmat körsatiş şoxobçalari faoliyat körsatmoqda. Şuningdek, 2023-yil mahallada 6,3 km uzunlikda Avaz Ötar, Istiqbol, Usmon Nosir köçalariga toş yotqizilib Istiqbol köçasiga transformator örnatildi. Bundan taşqari mahallaga ajratilgan 500 million sömga Ogahiy köçasiga piyodalar yölakçasi bilan tungi yoritqiç çiroqlari örnatildi, köp qavatli uylar kirib çiqiş qismiga zamonaviy kameralar örnatildi.
Ha, Gulzorni haqiqatan tadbirkorlar elati, deyiş mumkin. Mahallada 2023-yil davomida 168 ta fuqarolarga tegişli davlat dasturlari asosida 2 mlrd 300 million sömlik kreditlar ajratildi. Jumladan, hokim yordamçisi kömagida “Quriliş xizmat” MÇJga akfa eşik deraza romlari işlab çiqariş uskunasi sotib oliş uçun 33 million söm ajratilib, bugungi kunda öz faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Maskanda işlab çiqarilayotgan eşik va deraza romlari xalqimizning oğirini yengil qilmoqda.
Suv – poklik ramzi. Yurtdoşlarimizni toza içimlik suvi bilan taʼminlaş esa ham savobli, ham daromadli iş. Fuqaro Ikrom Bazarbayevga amaliy yordam körsatilib, 33 million söm imtiyozli kredit olib öz tadbirkorlik faoliyatini boşlab yuborişiga kömaklaşildi. Tadbirkor hozirda tozalangan suv işlab çiqariş uskunasi ortidan daromad topmoqda.
Şu bilan birgalikda, mahallada yana 220 nafar fuqarolar xar xil tadbirkorlik yönalişida özini özi band qilişiga erişilgan. MFYda yoşlarning bandligini taʼminlaş va tadbirkorlik ğoyalarini qöllab quvvatlaş maqsadida 40 dan ortiq yoşlarga imtiyozli kreditlar ajratilib özini özi band qildi, şundan işsiz yoş Yuldaşeva Marhabo imtiyozli kredit olib tomorqasiga issiqxona qurib xar xil kökatlar va köçatlar yetiştirmoqda. Tadbirkorning issiqxonasida asosan, kök piyoz, rediska kabi poliz mahsulotlari yetiştirilib, oila isteʼmolidan ortgan qismini bozorga olib çiqib sotadi, daromad qiladi.
Şuningdek, yoşlar örtasida jinoyatçilikning oldini oliş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil qilişda mahallaning yoşlar yetakçisi Jahongir Hayitboyevning öz örni bor.
Mahalla qadriyatlar beşigi. Xalqimizning yaxşi yomon kunini, töy marakalarini mahalla ahlisiz tasavvur qila olmaymiz. Çunki odam ODAM bilan tirik, köngil köngildan suv içib yaşaydi mudom.
Xalqni birlaştiriş, uning dard-u taşvişi-yu, quvonçini birgalikda baham köriş esa MFYlari zimmasidagi ulkan masʼuliyat. Ana şu masʼuliyatni his etib, şu yurt, şu el uçun fidokorona mehnat qilib kelayotgan mahalla beşligining kelgusidagi faoliyatiga omad yor bölsin, deymiz.
Aziza MADRAHIMOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶