2024-yilda Xalq qabulxonasiga asosan qaysi yönalişlarda murojaatlar kelib tuşdi?
Uluğ mutafakkir bobomiz Alişer Navoiyning “Odamiy ersang demagil odami, onikim, yöq xalq ğamidin ğami” degan satrlarining mohiyatiga nazar soladigan bölsak, çuqur hayotiy falsafani ilğaymiz. Bu satrlarda odamlarning dard-u, taşvişlari bilan yaşaşning uluğ saodat ekani ifoda etilgan. Çindan-da, inson uçun özi tuğilib ösgan zamin qadrdon odamlarining, yurtdoşlarining orzu-umidlarini uşaltiriş yölida qilayotgan mehnati tahsinga sazovor. Xalqning xohiş-istaklariga, murojaatlariga quloq osib, muammolariga öz vaqtida yeçim topişni maqsad qilgan Xalq qabulxonalari bugun ana şu maqsad yölida samarali faoliyat yuritmoqda.
Albatta, har bir aholi vakilini özi yaşab turgan hududdagi Xalq qabulxonalarining faoliyati, kelib tuşayotgan murojaatlar kölami va eng asosiysi, öşa murojaatning taqdiri nima bölgani haqidagi maʼlumotlar qiziqtirsa ajab emas. Bu borada söz ketar ekan, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2024-yil davomida virtual qabulxona orqali va töğridan-töğri kelib tuşgan murojaatlar hamda ularning natijalari böyiça töxtalib ötmaslikning iloji yöq.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasiga Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2024-yil boşidan 31-dekabr sanasiga qadar jami 5 ming 190 ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgan. Turli xil masalalarni öz içiga olgan uşbu murojaatlardan 5 ming 127 tasi körib çiqilgan, 3 ming 764 ta murojaatlar qanoatlantirilgan. Şuningdek, 1 ming 884 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan, 1 ming 870 ta murojaatlarga huquqiy maʼlumot beriş orqali hal qilingan, 10 ta murojaatlar uzoq muddatli nazoratga olingan. 1 ming 129 ta murojaatlarga tuşuntiriş berilgan, 30 ta murojaatlar körmasdan qoldirilgan, 46 ta murojaatlar rad etilgan, 147 ta murojaatlar tugatilgan, 11 ta murojaat maʼlumot uçun qabul qilingan. Qolgan 63 ta murojaatlar körib çiqiliş jarayonida.
Maʼlumki, aholi tomonidan eng köp qaysi masala yuzasidan murojaat tuşayotgani öşa jabhadagi islohotlarni yoki faoliyatni tubdan örganişni va masalani tadqiq etişni taqozo etadi, uşbu masalaga aloqador qaysidir idora-taşkilot yoki mutasaddi rahbarni sergaklikka çaqiradi. 2024-yil davomida tumanimiz aholisi tomonidan eng köp bolalar nafaqasi masalasida, yaşaş şaroitlarini yaxşilaş, uy-joyni taʼmirlaş va quriş uçun yordam böyiça, aliment undiriş yuzasidan, şuningdek, davolaniş va jarrohlik amaliyoti uçun moddiy yordam böyiça, “Yoşlar daftari”ga kiritilgan talabalarning şartnoma tölovlari böyiça, mahallalar içki yöllarini quriş, taʼmirlaş, şağallaştiriş, asfaltlaş kabi bir qator masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgan.
Kelib tuşayotgan murojaatlarning köpçiligi öz yeçimini topayotganidan yurtdoşlarimiz mamnun. Tumanimizdagi Beştom mahallasi aholisini köp yillardan beri içimlik suvi muammosi qiynab kelayotgan edi. Bu borada tuman Xalq qabulxonasiga aholi vakilidan kelib tuşgan murojaat öz natijasini berib, hududga 11,4 km uzunlikdagi içimlik suvi quvuri tortildi. Natijada Beştom mahallasidagi 241ta xonadonga “obi hayot” kirib borişiga erişildi.
Söngi yillarda yurtimizda mutasaddi idoralarning, sektor rahbarlarining xalq bilan muloqot qilişi hamda xalqni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga çiqqan holda örganib, iloji boriça tez va samarali hal etişi uçun sayyor qabullar taşkil etilayotgani özining ijobiy natijalarini bermoqda.
Yil davomida Amudaryo tumanida ham sektor rahbarlari tomonidan reja asosida tumandagi ovul va mahallalarda 309 marotaba sayyor qabullar ötkazilgan bölib, sayyor qabullar davomida 1 ming 207ta masalalar böyiça murojaatlar kelib tuşgan. Şundan 1 ming 191ta murojaatlar körib çiqilgan, 1 ming 129ta, yaʼni 95 foiz murojaatlar qanoatlantirilgan. 988 ta murojaatlar ijobiy hal qilingan, 122ta murojaatlar huquqiy maslahat va maʼlumotlar beriş orqali hal qilingan bölsa, 19ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan. Şuningdek, 62ta murojaatlarga tuşuntirişlar berilib, qolgan 16ta murojaatlar körib çiqiliş jarayonida.
Bundan taşqari, murojaatlar hududlar kesimida tahlil qilinganida Alişer Navoiy nomli mahalladan 371ta, Jumurtov şaharçasidan 300ta, Qiliçboy ovulidan 285ta, Boyovul mahallasidan 194ta, Qoramon mahallasidan 178ta hamda Tölqin ovulidan 177ta murojaatlar tuşgani qayd qilingan.
Qolaversa, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topşiriğiga asosan, tumanimizdagi 16ta davlat idoralari va taşkilotlarida jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş holati örganilib, aniqlangan kamçiliklar yuzasidan 14ta taqdimnoma, 2ta maʼmuriy javobgarlikka tortiş yuzasidan taklif, 12ta körsatma xatlar çiqarilgan hamda 2 nafar mansabdor şaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 4 nafariga hayfsan berilgan 3 nafar xodim esa ogohlantirilgan.
Özi yaşayotgan yurt taqdiriga, yurtdoşlari taqdiriga befarq bölmagan, boşqalarning ğam-taşvişini özimniki, deya qabul qiladigan har bir insonda daxldorlik hissi böladi. Sözimiz söngida, ana şu daxldorlik hissi siz-u, bizni aslo tark etmasin, deymiz.
A.Orazbayev, Amudaryo tumani Xalq qabulxonasi mudiri
A.Madrahimova, jurnalist

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶