“Obod mahallam” nomli grant loyihasiga doirasida Namuna mahallasida tadbir ötkazildi
Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan “Mahallalarda obodlikni taʼminlaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, aholining tibbiy va ekologik madaniyatini oşiriş” mavzusida eʼlon qilingan 5-grant tanlovida Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tuman bölinmasi “Obod mahallam” nomli loyihasi bilan iştirok etib, 40,0 mln. söm grant mablağini yutib olgan edi.
Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasining uşbu loyihani amalga oşirişdagi asosiy maqsadi – atrof muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilişining oldini oliş, uni aniqlaş va unga çek qöyişga, tabiatni muhofaza qiliş faoliyati samaradorligini oşirişga hissa qöşiş maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda jamoatçilik ekologik nazoratini amalga oşiriş, aholining ekologiyaga oid bilimlarini kengaytiriş maqsadida uçraşuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar taşkil qiliş, hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşişdan iborat.
Özbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasining “Obod mahallam” nomli grant loyihasi iş rejasi 2023-yil avgust oyi uçun belgilanagan iş rejasiga muvofiq Namuna mahallasida tumanning Xitoy hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yiğinlari iştirokida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan atrof muhitni muhofaza qiliş, hududning sanitariya holati, uni obodonlaştiriş hamda kökalamzorlaştiriş masalalari yuzasidan öz vakolati doirasida tegişli hududda joylaşgan korxonalar, muassasalar va taşkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eşitişga bağişlangan namunaviy yiğilişlarni taşkil qiliş belgilangan.
Rejaga muvofiq 52-sonli umumtaʼlim maktabi binosida Xitoy hududidagi fuqarolar yiğinlari raislari va mahalla faollari iştirokida yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda mahalla raislari va faollari jai 41 nafari iştirokçi qatnaşdi.
Yiğilişda atrof muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş sohasidagi qonun hujjatlari talablarini aholining keng qatlamiga tuşuntiriş va ularni obodonlaştiriş işlarida faol iştirokini taʼminlaş böyiça tegişli tuşuntirişlar berib ötildi.
Yiğilişda loyiha kordinatori X.Sultanov, Amudaryo tumani Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi şuʼba mudiri B.Turabayev, Namuna MFY raisi va xodimlari mavzu böyiça maʼruza qildilar.
Hidoyat Sultonov, loyiha koordinatori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶