“10 KUNDA ENG KOʻP PAXTA TERGAN OILA” TANLOV-MUSOBAQASI OʻTKAZILDI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi “10 kunda eng koʻp paxta tergan oila” tanlov-musobaqasini eʼlon qilgan edi. Tanlov-musobaqasi joriy yilning 27-sentyabridan 7-oktyabriga qadar davom etib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining 3 ta hududi boʻyicha har bir hududdan eng koʻp paxta tergan oilaga “Spark” rusumli avtomobil sovgʻa qilinishi belgilangan edi.
Ushbu tanlov-musobaqada tumanimizdan 35 ta oila faol ishtirok etishdi va Boʻzyop ovulidagi “Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligidan Robiya Jumaniyozova oilasi tumanda eng koʻp paxta tergan oila deb topildi.
Shuningdek, tanlov-musobaqasida Bosuv mahallasidan Quvondiq Xudoyberganov oilasi 4816 kg., Toʻlqin ovulidan Dilnoza Aytjonova oilasi kuniga 122 kg.dan jami 3688 kg., Beshovul mahallasidan Gulandom Hayitboyeva oilasi 3572 kg., Qoramon mahallasidan Salomat Sobirova oilasi kuniga 123 kg.dan jami 4938 kg., Daryo boʻyi mahallasidan Klara Norimbetova oilasi kuniga 147 kg.dan jami 2945 kg., Beshtom mahallasidan Omongul Ahmedova oilasi 2467 kg.dan ziyod paxta terishga erishdilar.
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, tanlov-musobaqasida Boʻzyop ovulidagi Robiya Jumaniyozova oilasi kuniga 450-480, hatto 493 kg. natijaga erishib, musobaqa peshqadamlari boʻlishdi va tanlov-musobaqasining hududiy saralash bosqichida ishtirok etish sharafiga muyassar boʻldilar.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶