TÖY LIBOSI – MAʼNAVIYaTIMIZ ZIYNATI
Özbek xalqi şarq xalqlari orasida özining boy milliy urf-odatlari, anʼanalari, asrlar oşa öz ziynatini, salobatini yöqotmay, bugungi kungaça yetib kelgan milliy marosimlari bilan boşqa xalqlardan ajralib turadi. Mana şunday milliy marosimlarimizdan biri bu – töy marosimidir. Özbek oilalarida bu marosim keng şodiyona sifatida nişonlanadi. Men bu örinda, töy marosimi haqida emas, balki mana şu marosimning sababçilari bölmiş, kelin va kuyovning töy kuni kiyadigan töy liboslari haqida gapirmoqçiman.
Bugungi kunda, mamlakatimizga Yevropa madaniyati kirib kelişi bilan kelin-kuyovlarimizning kiyadigan töy liboslari ham tubdan özgarib ketdi. Yaʼni, bir kunlik töy uçun falon ming sömlik kelin köylagi, kuyov uçun dabdabali kostyum-şim - bularning hammasi peşona teri evaziga topgan pulimizni havoga sovuriş bilan barobar. Ayniqsa, kelinlarimiz qimmatbaho, başang kelin köylaklarini kiyib, davrada özini malikalardek his qilib ötirişni yoqtirişadi. Töğri, oppoq töy libosini kiyiş har bir qiz bolaning yuragidagi yagona orzu. Lekin qimmatbaho kelin köylagi-yu, qimmatbaho soç turmagi va boşqa zeb-ziynatlar köpinça qiz bolaning haqiqiy gözalligini yaşirib qöyadi. Zero, bu narsalarning barçasi baxt olib kela olmaydi. Haqiqiy gözallik esa bu – qiz bolaning qalb gözalligi, odobi va epliligi hisoblanadi.
Yuqorida aytib ötilgan soxta gözallikni biz pulga sotib olmaylik, buning örniga bu pullarni foydali işlarga, foydali narsalarga sarf qilaylik. Kelin köylagi örniga esa özimizning milliy şoyi-atlas, adraslarimizni kiyaylik. Momolarimiz kiygan bu matolar kelin qizning husniga-husn, nazokatiga-nazokat qöşib turadi.
Özbek qizini qadimdan momolarimiz ön tört kunlik tölin oyga qiyoslaşgan. Biz, "ön tört kunlik oy” nomini oqlab iş tutaylik. Yuzimizni yuvişimiz bilan asar ham qolmaydigan yuqoridagi kabi soxta gözallikni emas, balki, butun umr bizga ziynat böla oladigan qalb gözalligini qalbimizga jo etaylik. Ana şundagina biz mustahkam oila va obod turmuşni bunyod eta olamiz.
Aziza MADRAHIMOVA,
Manğit iqtisodiyot kasb-hunar kolleji talabasi.
(Foto - http://kelin-kuyov.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶