Yelkamizda işonç degan qutluğ yuk bor
XXI asr axborot texnologiyalari asri. Özimiz uçun kerakli maʼlumotlarni internet orqali heç qiyinçiliksiz izlab topamiz. Lekin asarni kitoblar orqali öqiş, asardagi qahramonlar bilan birgalikda quvonganda çin dildan quvonib, qiynalganida çinakam dardkaşiga aylanib, butun vujudimiz bilan his qilib mutolaa qiliş baribir boşqaça. Texnologiyalar rivojlanişining yana bir yutuği - uyali aloqa vositalaridir. Telefonlar yordamida dunyoning narigi burçagidagi odam bilan xuddi yaqindagidek bemalol sözlaşiş mumkin. Lekin hozirgi kunda beminnat dastyorimizga aylanib qolgan bu aloqa vositasining zararli tomonlari ham mavjud. Telefondan keragidan ortiq foydalaniş köp kasalliklarni, jumladan, hattoki saratonni keltirib çiqarişi mumkin, deydi şifokorlar. Bu tibbiyot xulosasi. Ammo, dars paytida telefondan foydalanib, yoxud köça-köyda uning ovozini baralla yangratib, loqaydlik bilan yonidagi odamning ovozini eşitmay, "nauşnik”larni taqib olib madaniyatsizlarça yurişni qanday ataş mumkin? Telefondan eşitayotgan qöşiqlarini tinglasangiz, qandaydir bemaʼni, odamning ğaşini keltiradigan şovqinli musiqalar. Musiqa bölsa-yu, uni eşitgan vaqtingda yuraging ezgulikka tölsa, u könglingda qandaydir ijobiy tuyğular uyğota olsa!
Baʼzan tengqurlarim davralarida: - Bugun "odnaklassniki”ga kirdingmi, men falonçi bilan tanişdim "odna”da, degan suhbatlariga duç kelaman. Şunday vaqtlarda mana şunday bahs va munozaralar keraksiz mavzularda emas, özimiz öqigan asar-u undagi voqealarni muhokama qiliş, ertagi kungi rejalarimiz, qilgan yaxşi işlarimiz xususida bölsa edi. Buyuk Özbek adabiyotimiz zabardast vakillarining qançadan-qança şox asarlari, romanlari, qissalari bor. Ularni öqigan sayin öqiging keladi inson. Kitob dökonlariga borsang, dökon peştaxtalaridagi kitoblarni körib közing quvnaydi. Qaysi birini olişingni bilmaysan. Köp yillarning yuzini körgan nuroniy otaxon-u onaxonlarimiz doim:
- Öqing, aziz yoşlar, sizlar öqib örganamiz desangiz barça şart-şaroitlar yaratilgan, ulardan foydalanib qoling, vaqtni qadrlang, - deydilar bizga havaslanib. Biz ana şunday havasga loyiq yoşlar ekanmiz, şu işonçga munosib bölaylik!
Aziza Madrahimova,
Manğit iqisodiyot kasb-hunar kolleji öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶