YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI
Amudaryo tumanida yoş avlod qalbida vatanparvarlik tuyğularini mustahkamlaş, ularni ona Vatanga sadoqat va yuksak masʼuliyat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan muhim tadbir bölib ötdi. Tuman Xotira maydonida “Vatan tayançi” otryadlari aʼzolarining tantanali vaʼda beriş marosimi taşkil etildi.
Tadbir davomida “Vatan tayançi” harakati safiga qöşilgan yoşlarga maxsus kökrak nişonlari va guvohnomalar topşirildi. Bu ramziy eʼtirof öquvçi-yoşlarning Vatan ravnaqi yölida munosib hissa qöşişga bölgan intilişi, öz oldiga yuksak maqsadlar qöyişi hamda el-yurt manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qilişga tayyorligining ramziy ifodasi böldi.
Tantanali marosimda tuman Mudofaa bölimi boşliği Şuhrat Mamatov hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi boşliği Yalğaş Şomuratov sözga çiqib, “Vatan tayançi” harakatining yoşlar tarbiyasidagi örni va ahamiyati haqida fikr bildirdilar. Ular Vatanga xizmat qiliş eng uluğ şaraflardan biri ekanini taʼkidlab, yoşlarni milliy qadriyatlarga hurmat, mustahkam iroda, yuksak maʼnaviyat va fidoyilik ruhida kamol toptiriş muhimligini qayd etdilar.
Şuningdek, otryad aʼzolariga öqişda, jamoat işlarida va kundalik hayotda tengdoşlariga namuna böliş, bilim olişga intiliş hamda ona yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan yaşaş borasida tilaklar bildirildi.
Tadbirning badiiy va amaliy qismi ham mazmunli ötdi. Unda namoyiş etilgan turli harbiy çiqişlar yoşlarda katta taassurot uyğotib, harbiy xizmatga bölgan qiziqişlarini yanada oşirdi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-martdagi 150-sonli qarori asosida taşkil etilgan “Vatan tayançi” harakatining asosiy vazifalaridan biri öquvçi-yoşlarni Vatan taqdiriga daxldorlik, maʼnaviy-axloqiy fazilatlar, milliy qadriyatlarga ehtirom va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdan iborat.
Amudaryo tumanida ham mazkur yönalişda tizimli işlar olib borilmoqda. Bugungi kunda tumandagi umumtaʼlim maktablari, ixtisoslaştirilgan maktab va texnikumlarda jami 86 ta “Vatan tayançi” harakati otryadi faoliyati yölga qöyilgan. Har bir otryad 20 nafardan namunali xulqi, yaxşi özlaştirişi va jamoat işlaridagi faolligi bilan ajralib turadigan öquvçi-yoşlarni birlaştiradi. Ayni paytda jami 1 667 nafar öquvçi-yoş uşbu harakat safiga ixtiyoriy ravişda aʼzo bölgan.
Xotira maydonida ötkazilgan tantanali vaʼda beriş marosimi yoşlarning qalbida Vatanga muhabbat, ajdodlar merosiga hurmat va yurt kelajagiga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qildi.
“Vatan tayançi” harakati aʼzolari uçun yaratilayotgan imkoniyatlar ham yoşlarni yanada yuqori marralar sari ruhlantiradi. Amaldagi tartibga muvofiq, har bir otryaddan eng ilğor va aʼloçi bir nafar aʼzoga oliy harbiy va harbiylaştirilgan taʼlim muassasalariga öqişga kirişda töplagan ballarining 5 foizi miqdorida qöşimça ball beriladi. Bu esa öz ustida muntazam işlaydigan, bilim va intizomni hayotiy mezon deb biladigan yoşlar uçun muhim rağbatdir.
Amudaryo tumanida ham uşbu imkoniyatdan foydalangan bitiruvçilar bor. Jumladan, “Vatan tayançi” harakati otryadlari aʼzolari bölgan ikki nafar bitiruvçidan biri Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida, yana biri Jamoat xavfsizligi universitetida tahsil olmoqda. Ularning yutuği boşqa yoşlar uçun ham ibrat va rağbat manbai bölib xizmat qiladi.
“Vatanga sadoqat bilan, yuksak maqsadlarga!” şiori ostida birlaşgan Amudaryo tumani yoşlari — yurtimizning tinçligi, taraqqiyoti va farovon kelajagiga munosib hissa qöşişga intilayotgan avloddir. Ular qalbidagi Vatan muhabbati, közlagan ezgu maqsadlari va qatʼiy irodasi bilan kelajagimizning işonçli tayançi bölib kamol topmoqda.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶