Tinçlik va osoyiştalik posbonlariga ehtirom
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni taʼminlaş, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, jamiyatda barqarorlik muhitini saqlaş — bu masʼuliyatli va şarafli vazifadir.
Har yili 25-oktyabr mana şunday fidoyi kasb egalari – Içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami hamda Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirligi taşkil etilgan muhim sana sifatida mamlakatimiz böylab keng nişonlanadi. Bu yil uşbu sanaga 34-yil töldi. Xalq osoyiştaligi, tinçligi va xavfsizligi yölida fidokorona xizmat qilayotgan soha xodimlariga bölgan yuksak ehtirom ifodasi sifatida uşbu sana bu yil ham keng nişonlandi.
Sana munosabati bilan Amudaryo tumani hokimligi tomonidan içki işlar organlari xodimlari uçun bayram tadbiri taşkil etildi. Tumanimizdagi “Diamond” restoranida bayram dasturxoni yozildi. Tadbirda tuman hokimi Sobir Xöjametov iştirok etib, barça içki işlar xodimlarini samimiy tabrikladi, ularning maşaqqatli, masʼuliyatli hamda şarafli mehnatlarini eʼtirof etdi.
“Sizlar — xalqimiz tinçligi, osoyiştaligi va farovon hayotining kafolatlarisiz. Sizlarning sadoqatingiz, matonatingiz va vatanparvarligingiz bilan yurtimizda barqarorlik mustahkamlanmoqda. Buning uçun barçangizga çuqur minnatdorlik bildiraman”, — dedi tuman hokim öz tabrigida.
Tadbirda tuman prokurori Bahram Maşaripov ham sözga çiqib, içki işlar xodimlarini bayram bilan tabrikladi. U öz nutqida yurtboşimiz tomonidan sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga töxtalib, tizimni raqamlaştiriş, xodimlar mehnatini yengillaştiriş, zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlaş hamda ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş böyiça amalga oşirilayotgan işlar xususida alohida töxtaldi. Şuningdek, soha xodimlarining Vatan ravnaqi yölidagi xizmatlarini, qonun ustuvorligini taʼminlaşdagi fidoyiligini alohida eʼtirof etdi.
Taʼkidlanganidek, soha fidoyilarining saʼy-harakatlari natijasida jamiyatda tinçlik, tartib va qonuniylik qaror topmoqda. Içki işlar organi xodimlarining xizmatlari davlat va xalq örtasidagi işonç köprigidir. Ularning burçiga sadoqati va öz kasbiga masʼuliyatli yondaşuvi Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz ravnaqida muhim omil bölmoqda.
Tadbir davomida xizmatda öz burçini sidqidildan ado etayotgan, yuqori natijalarga erişgan bir guruh tuman Içki işlar bölimi xodimlariga taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Bayram tadbiri tuman Madaniyat bölimi xonandalari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi. Kuy-qöşiqlar, samimiy tabriklar va quvonçli lahzalar keçaga yanada kötarinki ruh bağişladi.
Uşbu bayram tadbiri Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlariga bölgan hurmat va ehtiromning yana bir yorqin ifodasi böldi. Zero, ular — xalq osoyiştaligining haqiqiy posbonlari, Vatan tinçligi yölida har kuni fidokorona xizmat qilayotgan mard öğlonlardir.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶