1-sonli MTMda "Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon" deb nomlangan musiqiy tadbir oʻtkazildi
Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan beshta tashabbusning birinchisini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan reja ijrosini taʼminlash maqsadida madaniy-maʼrifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Reja asosida turli bayramlar munosabati bilan koʻngilochar va dam olish dasturlari tashkillashtirilib, turli yoshdagi aholining madaniy hordiq chiqarishi taʼminlanmoqda.
29-iyul kuni 1-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida “Ofarin” folklor-etnografik jamoasi boʻlim tomonidan ishlangan 75-78-sonli rejalari ijrosini taʼminlash hamda birinchi tashabbusni targʻib etish maqsadida "Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon" deb nomlangan musiqiy tadbir oʻtkazishdi. Tadbirda muassasa tarbiyalanuvchilari uchun “Ofarin” folklor-etnografik jamoasi tomonidan tayyorlangan rang-barang musiqiy dastur namoyish etildi.
Musiqiy dastur tarbiyalanuvchilarga xush kayfiyat va koʻtarinki ruh bagʻishladi.
N.Eshchanova, tuman Madaniyat markazi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶