Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyi mutaxassislari iştirokida seminar-trening taşkillaştirildi
Mamlakatimizda har bir voyaga yetayotgan öğil bolani harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ona Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli kasbga yönaltiriş borasida barça şart-şaroitlar, zarur imkoniyatlar yaratilgan. Aynan ana şu maqsadda mamlakatimizda bir neça yönalişlardagi oliy harbiy bilim yurtlari, harbiy akademik litseylar, maxsus ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyat olib bormoqda.
Amudaryo tumanidagi 38-sonli umumtaʼlim maktabi binosida umumtaʼlim maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvçilari orasidan harbiy sohaga qiziquvçi iqtidorli öquvçilarni Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyiga öqişga taklif qiliş maqsadida mazkur akademik litseyning malakali mutaxassislari iştirokida seminar-trening ötkazildi.
Seminar-treningda mazkur akademik litsey öqituvçilari va bir guruh öquvçilari, harbiy xizmatçilar hamda maktablarning çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari, şuningdek, 38-sonli maktabning 9-sinf öquvçilari iştirok etdilar.
Tadbirda sözga çiqqanlar iştirokçilarga mamlakatimizda faoliyat olib boruvçi oliy harbiy bilim yurtlari va ularga qabul qiliş tartib-qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Şu bilan birga, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyida öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim-tarbiya jarayonlari, nazariy va harbiy-amaliy maşğulotlar, sport-soğlomlaştiriş işlari jahon andozalari darajasida taşkil etilganligini alohida taʼkidlab, ayni paytda mazkur harbiy bilim yurtini tamomlab, mamlakatimizning turli hududlarida namunali xizmat qilayotgan harbiy zobitlar, taniqli qömondonlar borligini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Seminar-trening davomida mazkur harbiy akademik litsey faoliyati va Qurolli Kuçlar jangovarligi haqida hikoya qiluvçi videorolik namoyiş etilib, tarğibot bukletlari tarqatildi. Şuningdek, çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari hamda öquvçi-yoşlar tomonidan tuşgan savollar doirasida oçiq muloqot taşkil etilib, barça savollarga harbiy akademik litsey öqituvçilari batafsil javoblar berdilar.
Şu kunning özida harbiy akademik litsey mutaxassislari tumandagi 16-, 40-, 55-, 76- va 82-sonli maktablarda ham bölişib, mazkur maktablarning 9-sinf öquvçilari bilan uçraşdilar. Biri-biridan qiziqarli taassurotlarga boy ötgan uçraşuv tadbirlarida harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi tarğibot-taşviqot suhbatlari olib borilib, 9-sinf bitiruvçilariga Qurolli Kuçlarimizning jangovar qudrati, ona Vatan himoyaçisi bölişdek şarafli kasbning masʼuliyati haqidagi tuşunçalar berildi hamda maxsus bukletlar tarqatildi.
Bu kabi tarğibot tadbirlari çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari va öquvçilarda katta taassurot qoldirdi hamda ular qalbida vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamladi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶