XOTIRALARDA MANGU YaŞAYoTGAN FIDOYI USTOZ
Yaqin döst-u birodarlar davralarida bir ibora juda köp işlatiladi: “Hayot – karvon, biz - yölovçi”.
Ha, azizlar, hayot heç qaçon töxtamaydigan, tin olmaydigan karvon. Inson ana şu karvonda doimiy yölovçi, közlagan manzillari tomon tinimsiz yöl bosaveradi. Yöllar esa heç qaçon tep-tekis emas. Bu yöllarda tadbirli, ilmli, xalqparvar, mehr-oqibatni öz hayot yölida asosiy şior qilib olgan insonlar atrofidagilarning ham, yaqinlari va el-u yurtning ham hurmatiga, eʼzoz-eʼtirofiga sazovor böladilar. Asli qozoq millatiga mansub Nazarimbat ota Almurodov ana şunday hurmat va eʼzozga munosib inson edilar.
Butun umrini Amudaryo tumanining qişloq xöjaligini, taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantirişga bağişlagan Nazarimbat ota Almurodovning özi hayotligida xalqiga, mahalladoşlariga qilgan yaxşiliklari, yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga qöşgan ulkan hissasi hamon el-yurt eʼtirofida, gözal xotiralarda yaşayotgani ham ana şu samimiy hurmat va eʼzoz tufayli. Zero, elim, yurtim, degan fidoyilar öz elining yuragida mangu yaşab qoladi.
Nazarimbat Almurodov 1928-yilda hozirgi Çoyköl ovulida, dehqon oilasida tuğildi. U avval qişloqdagi boşlanğiç maktabda, söngra 1-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil oldi. Dastlabki mehnat faoliyatini 1942-1943-yillarda öşa davrdagi Qipçoq tumani prokuraturasida iş yurituvçi vazifasida işlaşdan boşlagan Nazarimbat Almurodov 1943-yilda öqituvçilar tayyorlaş qisqa kursini tamomlab, 1961-yilgaça öz qişloğidagi maktablarda avval öqituvçi, keyinçalik ilmiy bölim mudiri, maktab direktori lavozimlarida işladi. Işdan ajralmagan holda oliy maʼlumot oldi. U taʼlim sohasida işlasa-da, doimiy ravişda ijod bilan şuğullandi. 1961-1970-yillar oraliğida Tölqin va Döstlik jamoa xöjaliklarida partiya taşkiloti kotibi sifatida siyosiy faoliyat olib borgan davrlarida ham ijod qilişdan aslo töxtamadi. Hatto 1970-1973-yillarda “Amudaryo haqiqati” gazetasida bölim mudiri, muharrir örinbosari vazifalarini mahorat bilan ado etdi. 1973-yildan to 1988-yillargaça Çoyköl ovulidagi umumtaʼlim maktablarida öqituvçi bölib işladi va yuzlab yoşlar qalbiga maʼnaviyat nurlarini olib kirdi.
Nazarimbat Almurodov hayot karvoni aro 76 yillik sermazmun, mohiyatan xalqi, Vataniga payvasta gözal umr gulşanini yaratdi. U ustoz sifatida yuzlab yoşlarning orzulariga qanot bağişladi, ularni el-u yurtga kamarbasta insonlar qilib tarbiyaladi. Ijodkor sifatida minglab şeʼriyat, maʼnaviyat ixlosmandlarining qalblariga özining ezguliklarga, döstlik va tinçlikka çorlaguvçi jöşqin şeʼriyati bilan kötarinki ruh bağişladi. Mahalladoşlarining töy-marosimlarida aziz xalqiga mehrini şeʼrlarida madh etdi.
Ovulimning ul şetinde turkpenim,
Bu şetinde boşqurd, qazaq, tatarim.
Qöylar söyar oyoğimning astina,
Özbek, qaraqalpaq bari qöstarim.
Safarboy, Ametxöja nağz özbegim,
Miyrini töseydi keler jölima.
Döstlarim bar bölsin, mening tilegim,
Qöllari tiyib tursin, mening qölima.
Şinin aytsam, men özim qazaq,
Dögeregim töli qaraqalpaq.
Qayda bölsaq, tamir bir-ğöy.
Sağintirmang döstlar, uzaq.
Sağinamin, - dep, - körmesem,
Qösiq jazar mağan Baltaq.
Xapa bölar bir barmasam,
Ham Jaylixan, ham Januzaq.
Deb kuylab ötgan Nazarimbat otani joriy yilning 10-iyun sanasida el-u xalqi, döst-u yoronlari dildan xotirladilar. Manğit şahridagi “Istiqlol” töyxonasida Nazarimbat Almurodovning farzandlari yozgan xudoyi dasturxon atrofida jam bölgan çoyköllik, tölqin ovullik, Amudaryo tumanining deyarli barça hududidan kelgan şogirdlari, xeş-aqrabolari, döstlari otaxon bilan boğliq şirin xotiralarini yodga oldilar. Qardoş Qozoğiston davlatidan taşrif buyurgan mehmonlar Nazarimbat oğa öz şeʼrlarida yozganlariday, bu aziz insonning özi hayotligida “qöllari-qöllariga tegib turgan” qadirdonlari mehr-muhabbat bilan qadrdoşlik, qondoşlik muhabbatlarini izhor etdilar.
Uluğ Tangri nomini zikr etib yozilgan fayzli dasturxondan totingan marosim iştirokçilari Nazarimbat ota Almurodovning ezgu xislatlari, ibrat va hikmatlarga töla hayot yöli, bu insondan olgan hayot darslari xususida tölqinlanib söz yuritdilar.
Marosimda Qurʼon oyatlaridan tilovatlar aytilib, Nazarimbat ota Almurodovning haqlariga duolar qilindi. Farzandlariga omonlik, Nazrimbat ota şajarasiga bardavomlik, el-yurtga tinçlik, farovonlik tilagan xotira marosimi iştirokçilari bir-birlariga hayot karvonida Nazarimbat ota kabi uluğ manzillarni quçib yaşaş barçaga yor bölişini tiladilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶