YoNĞINDAN SAQLANIŞ ÖZ QÖLIMIZDA
Şu kunlarda havo harorati keskin oşib bormoqda. B öz navbatida yonğin xavfsizligiga eʼtiborni kuçaytirişni taqozo etadi. Şu munosabat bilan quriliş obʼektlarida va yaşaş joylarda yonğinning oldini oliş yuzasidan xodimlarimiz keng kölamli tarğibot-taşviqot işlari olib borilayapti. Bundan taşqari, korxona, taşkilot, muassasalar, öquv yurtlari va mahallalarda yonğin xavfsizligi böyiça amaliy maşğulotlar ötkazilib borilmokda.
Amudaryo tumani YoXB 3-son Kasbiylaştirilgan yonğin xavfsizligi qismi jamoasi xam işlab çiqilgan reja asosida faoliyat olib borayapti. Ötgan yili 6 oyda tumanimizda 21 ta yonğin sodir bölgan edi yil joriy 6 oyi davomida 18 ta yonğin sodir bölib, 3 taga kamaydi.
Yonğin xavfsizligi xodimlari tomonidan obʼektlarda quruvçilar bilan, yaşaş joylarda va maxallalarda fuqarolar bilan uçraşuv hamda suhbatlar ötkazilmoqda. Ötkazilayotgan profilaktik tadbirlar jarayonida korxona va taşkilotlarda yonğinga qarşi javobgar rahbar xodimlarga yozma takliflar berilib, aniqlangan kamçiliklar qisqa vaqt içida bartaraf etişga erişilmoqda.
Keyingi vaqtlarda yonğinlar asosan fuqarolarning turar joylari, oşxona va molxonalarida sodir bölmoqda. Bularga asoson uy egalarining özlarining yonğin xavfsizligi qoidalariga etiborsizligi sabab bölayapti.
Yaşaş joylarda yonğinlarning oldini, oliş uçun har bir xonadon egalari tabiiy gazdan gaz quvuriga rezina şlang ulab foydalanmasligi nasoz gaz plitalardan va nosoz elektr uskunalardan foydalanmasligi lozim. Elektr uskunalarni elektr tarmoğiga ulab qarovsiz qoldirmaslik, yoş bolalarning oçiq olov bilan öynaşlariga yöl quymaslik va qurigan öt-çöp va çiqindilarni yoqib, qarovsiz qoldirmaslik lozim.
Yonğinni ota-bobolarimiz tilsiz yov, deb ham ataşgan. Undan saqlaniş esa öz qölimizda ekanini unutmaylik.
M.YuSUPOV,
tuman YoXB inspektori katta serjant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶