BOĞÇA TARBIYaLANUVÇILARIGA YoNĞINDAN SAQLANIŞ QOIDALARI ÖRGATILDI
Keksalarning “öt balosidan, suv balosidan asragay” deya duo qilişlari bejiz emas. Sababi tilsiz yov – yonğinlarning har yili qançadan-qança davlat va şaxsiy mulklarga ziyon yetkazib, ulkan-ulkan bozorlar rastalari yonib ketayotgani barçaga ayon.
Buningdek köngilsizliklarning oldini oliş maqsadida joriy yilning 4-avgustida hukumatimizning “Yonğinlar profilaktikasi samaradorligini oşiriş va yonğin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori qabul qilindi. Uşbu hujjatga köra, 2023-yil 1-sentyabrdan muntazam ravişda “Yonğindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi amalga oşiriladi.
Unda taʼlim taşkilotlarida yonğinlarning oldini oliş va yonğin sodir bölgan vaziyatda harakat qiliş böyiça batafsil uslubiy maşğulotlar ötkaziş, davlat taşkilotlari, tadbirkorlik subʼektlari va boşqa taşkilotlar iş joylarida yonğin xavfsizligi böyiça öqitişni taşkil etiş, jamoat joylarida, taʼlim taşkilotlarida, iş joylarida va turar joy komplekslarida öt öçiriş böyiça amaliy maşğulotlar öktaziş orqali aholining, yoşlarning, bolalarning yonğindan saqlaniş borasida bilim va könikmalarini şakllantiriş maqsad qilingan.
Joriy yilning 1-sentyabridan Respublikamizning barça hududlarida keng jamoatçilik jalb qilingan holda “Yonğindan ogohlik” umummilliy kampaniyasini amalga oşiriş çora-tadbirlari boşlanib ketdi.
Amudaryo tumanida ham maktabgaça va maktab taʼlimi muassasalarida, korxona, taşkilotlarda yonğindan saqlaniş qoidalari keng tarğib qilinayotir, yonğinlarning oldini olişga hamma va har bir odam masʼul ekanligi, yonğin xavfining oldini olişga beparvolik qiliş oğir oqibatlarga olib kelişi aholiga keng tuşuntirilmoqda. Şuningdek, kuz-qiş mavsumi oldidan xonadonlarda elektr va tabiiy gazdan foydalanişda işlatiladigan uskunalarning sozligini nazoratdan ötkaziş lozimligi, aniqlangan kamçiliklarni tezkor bartaraf etiş kerakligi tarğib etilmoqda.
“Yonğindan ogohlik” umummilliy kampaniyasida belgilangan vazifalar doirasida yaqinda tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan 6-sonli Maktabgaça taʼlim taşkilotida tarbiyalanuvçilarga yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya etiş böyiça profilaktik tadbir ötkazildi.
Tadbirda uşbu taşkilot xodimlari, tarbiyalanuvçilari iştirok etdi. Ularga tuman Favqulodda vaziyatlar bölimining Profilaktika va nazorat bölinmasi inspektori Şerbek Erkinboyev, uşbu bölinma kiçik inspektori Ikrom Bekmurzayevlar yonğindan saqlaniş, oçiq olov bilan öynamaslik, elektr, tabiiy gaz uskunalariga teginmaslik lozimligini tuşuntirdilar. Şuningdek, bolajonlarga yonğin va uning salbiy oqibatlari aks etgan rasmlar namoyiş etildi va ularga uşbu rasmlarni böyaş topşirildi. Uşbu maşğulot davomida kiçkintoylarning yonğin oqibatlaridan juda taʼsirlangani, buni buyoqlarda aks ettirişga intilişi yaqqol namoyon böldi.
Tadbir oxirida taşkilot tarbiyaçilari, murabbiylari va tarbiyalanuvçilari iştirokida yonğin hodisasi sodir bölganda töğri harakat qiliş va xavfsiz hududga çiqiş böyiça amaliy maşğulot ötkazilib, bolajonlarning mavzu doirasida olgan bilimlari mustahkamlandi.
Buningdek profilaktik tadbirlar tumanimizning barça hududlarida muntazam ötkazib boriladi.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶