KUYDIRGI KASALLIGIDAN SAQLANIŞGA OID KÖRGAZMALI TAKTIK ÖQUV MAŞĞULOTI ÖTKAZILDI
Kuydirgi kasalligi odamlar va uy hayvonlariga jiddiy xavf tuğdirişi mumkinligi haqida köpinça öylamaymiz ham. Kasallik namoyon bölişining oldini oliş juda muhim ekanligini hayotning özi tasdiqlamoqda.
Tumanimizning Daryoböyi mahallasi hududida tuman Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining iş-rejasiga asosan “Aholi örtasida quydirgi kasalligi tarqalişining oldini olişda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusidagi körgazmali maxsus-taktik öquv-maşğuloti ötkazildi.
Körgazmali maxsus-taktik öquv maşğulotida hamkorlikdagi davlat taşkilotlari – jumladan, tuman Favqulodda vaziyatlar, Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi, bölimlari tuman Tibbiyot birlaşmasi, veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi, Obodonlaştiriş boşqarmasi masʼullari iştirok etdilar.
Tadbirda dastlab yiğilganlarga kuydirgi kasalligi, uning tarqalişi va insonlar undan qanday himoyalanişi lozimligi xususida keng tuşunçalar berildi. Taʼkidlanişiça kuydirgi kasalligi koramollar, qöy-eçkilar va odamlarda uçraydigan öta xavfli yuqumli kasallik bölib, odamlarga asosan kuydirgi bilan kasallangan hayvonlarni söyiş, terisini şiliş, göştini maydalaş, kalla-poça va oşqozon-içaklarini tozalaş jarayonlarida yuqadi.
Kuydirgi kasalligi hayvonlardan hayvonlarga, hayvonlardan odamlarga yuqadi, lekin odamdan odamga yuqmaydi.
Odamlarda kasallik asosan teri yarasi şaklida namoyon böladi. Bunday holda bemorlarning tana harorati kötariladi. Kuydirgi yarasi oğriqsiz böladi, yaraning ustki qismi kömir rangiga öxşaş qora pöstloq bilan qoplanadi va yara tarofi qizarib, şiş paydo böladi. Kuydirgi yarasi köpinça badanning oçiq qismlarida uçraydi.
Kuydirgi kasalligidan saqlaniş uçun çorva mollarini veterinar körigidan ötkazib, kuydirgi kasalligiga qarşi emlatib turiş lozim. Kasallangan hayvonlarning veterinar röyxatisiz suyilişiga yöl qöymaslik, mollarni faqat quşxona va suyiş maydonçalarida veterinar körigidan ötkazilgandan söng söyiş, duç kelgan joylardan göşt sotib olmaslik, uni göşt pavilonlari va dökonlardan xarid qiliş, şuningdek, uy hayvonlarini parvariş qilişda şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş zarur.
Hayvonlarda va odamlarda kuydirgi kasalligining belgilari kuzatilganda, zudlik bilan veterinari bölimiga va kasalxonaga murojaat qiliş kerak.
Körgazmali maxsus-taktik öquv maşğulotida quydirgi kasalligi odamlar va hayvonlar örtasida aniqlanganida tuman Tibbiyot birlaşmasi, tuman sanitariya-epidemilogik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi, tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi hamda oilaviy poliklinika xodimlarining işlaş tizimlari nazariy va amaliy tarzda körsatib berildi. Şuningdek, agar uy hayvonlari – qoramol, qöy-eçkilarni boqiş va parvarişlaşda şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinsa, kuydirgi kasalligi heç kimga xavf solmasligi tuşuntirildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶